Qozog‘iston kompaniyasi O‘zbekistonda Hyundai yengil mashinalarini sotadi

© Sputnik / Mixail Kireyev / Mediabankka o‘tishProizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti
Proizvodstvo obnovlennogo Hyundai Solaris v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Astana Motors kompaniyasi Qozog‘iston bozorida 11 ta brenddagi avtomashinalarni yetkazadi, ulardan Hyundai, Subaru, BMW i MINI, Rolls-Royce, Toyota, Lexus, Jaguar Land Rover, Volvo.

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Astana Motors kompaniyasi O‘zbekistonda Hyundai yengil avtomashinalarini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Astana Motors kompaniyasi rahbari Nurlan Smagulov ma’lum qildi. Kun.uz nashri xabariga asosan.

Konsept Nissan IMx zero emission na Tokio Motor shou - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qimmatbaho avtomobillarni boj to‘lovisiz olib kirishga ruxsat beradi

"Biz hozir mavjud bo‘lgan eng "mazali" brenlarni olib, taqdimot o‘tkazmoqdamiz. Shu bilan biz hozir O‘zbekistonda distribyutsiya olganmiz. Bu biz uchun muhim chaqiruv — katta iqtisodiyoti va aholisi ko‘p bo‘lgan qo‘shni davlatga kirib borish va u yerda eng yirik Janubiy Koreyaning brendini taqdim etish", — deb ta’kidladi Nurlan Smagulov.

Astana Motors kompaniyasi bir necha yillar davomida eksport uchun chegaralarni ochilishiga umid bilan O‘zbekiston tomon qarab turgandi.

Qo‘shni davlatlar bozorlariga chiqishni hisobga olgan holda ushbu mashinalarni yig‘ish bo‘yicha kompaniya zavodi qurildi.

Astana Motors kompaniyasi Qozog‘iston bozorida 11 ta brenddagi avtomashinalarni yetkazadi, ulardan Hyundai, Subaru, BMW i MINI, Rolls-Royce, Toyota, Lexus, Jaguar Land Rover, Volvo. Astana Motors mashinalarni Rossiyada sotmoqda, kelgusi istiqbolda MDHning boshqa davlatlarning bozorlariga chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Namanganda Hyundai yuk mashina va avtobuslar: yuk ko‘tarish quvvati 1-50 tonnagacha bo‘lgan avtomashinalar, shaharlararo va halqaro va turistik avtobuslarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi. Boshlang‘ich bosqichda kuniga 8-20 dona, yilda 1000 dona avtomobil ishlab chiqariladi. Uch yil ichida bu ko‘rsatkich 3 ming donaga yetkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0