TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Tojikiston IIV va Bosh prokuraturasi 350 dan ortiq noan’anaviy jinsiy hayot kechirayotganlarni maxsus hisobga qo‘ydi. Hukumat ularni “jamiyatning zaif guruhlari” deb hisoblamoqda, RIA Novosti xabariga asosan.
“Ushbu toifadagi shaxslar “jamiyatning zaif guruhlari” bo‘lgani tufayli hisobga qo‘yilgan. Ular fohishalarni aniqlash uchun o‘tkazilgan "Axloq" va “Tozalash” operatsiyalari davomida aniqlangan”, — deyilgan Bosh prokuratura xabarida.
Prokuratura vakili xabariga ko‘ra, IIV va Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan “jamoat tartibini buzayotgan va jamiyatning zaif guruhlariga kiruvchi” shaxslarni aniqlash uchun 2016-yilda tashkil qilingan maxsus ishchi guruh tomonidan aniqlangan.
“Maxsus ishchi guruh 367 nafar jamiyatning zaif guruhlariga kiruvchi shaxslarni aniqlagan. Ulardan 319 nafari – gomoseksualistlar va 48 nafari – lesbiyankalar”, — deyilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida.
Huquqni himoya qiluvchi mutaxassislar fikriga ko‘ra, Tojikistonda noan’anaviy jinsiy hayot kechirayotganlar soni bundan bir necha baravar ko‘p, lekin jamiyat ta’qibidan qo‘rqqani tufayli, ular yashirin hayot kechirmoqda.