“Islom davlati” terrorchilari endi qaysi davlatga keladi - AQSh OAVlari

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBoysi otrada narodnogo opolcheniya "Sokoli pustini" demonstriruyut flag zapreshennoy v RF IGIL.
Boysi otrada narodnogo opolcheniya Sokoli pustini demonstriruyut flag zapreshennoy v RF IGIL. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada mag‘lubiyatga uchragan xorijiy jangarilar o‘z vatanlariga, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlariga qaytishga harakat qilishmoqda.

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Suriyada mag‘lubiyat yoqasida turgan Islom davlati terrorchilari Iordaniyaga o‘tishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti National Interest nashriga asosan ma’lum qildi.

Maqola mualliflariga ko‘ra, AQSh qo‘llab-quvvatlanishiga qaramasdan aynan Iordaniya terrorchilar g‘oyalari tarqalish mumkin bo‘lgan xavfli zonada joylashgan.

Shuning uchun “Islom davlati” jangarlari shu davlatga yangi jang manzili sifatida o‘tishi mumkin.

Tureskie politseyskie - Sputnik O‘zbekiston
Turkiyada eronlik “IShID amiri” ushlandi

Bu iordaniyaliklar IShID xorijiy jangarilar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda bo‘lganligi bilan ham bog‘liq. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ularning soni 3 mingga yaqin. Ishsizlik, aholi yashash darajasi juda pastligi va diniy sohani boshqarishda hukumat zaif pozitsiyaga ega ekanligi mamlakatda vaziyatni murakkablashtiradi.

National Interest ma’lumotlariga ko‘ra, Iordaniya barqarorligiga suriyalik qochoqlar ham xavf solmoqda. Hozirda mamlakatda ularning soni yarim million kishi yoki aholining 5 foizini tashkil qiladi.  

Suriyada mag‘lubiyatga uchragan turli davlatlardan kelgan jangarilar o‘z vatanlariga, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlariga qaytishmoqda. Bu mintaqada vaziyat beqarorlashishiga olib kelishi mumkin.  

Shu sababli Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar kuchaytirib, hududga IShID jangarilari kirib kelishini oldini olish maqsadida maxsus xizmatlar o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishdi.

Yangiliklar lentasi
0