Turkiyada eronlik “IShID amiri” ushlandi

© REUTERS / Yagiz KarahanTureskie politseyskie
Tureskie politseyskie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilarni qo‘lga olish operatsiyasi Kayseri provinsiyasida o‘tkazildi.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Turkiya politsiyasi “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi ikki nafar a’zosi  - “Sindjar amiri” Abdulxoliq Kurdi va uning o‘g‘li Mexdi Kurdini qo‘lga oldi.

 Afganskie politseyskie v Kabule.  - Sputnik O‘zbekiston
Qobulda 26 nafar “IShID” jangarilari qo‘lga olindi

Qo‘lga olish operatsiyasi Kayseri provinsiyasida o‘tkazildi. Terrorchilar Iroqda uyushma tomonida jang qilishgan. Qayd etilishicha, Abdulholiq Kurdi Sindjarda “IShID amiri” hisoblanadi, uning o‘g‘li esa terrorchilik uyushmaning oddiy jangarisi bo‘lgan.

Bugungi kunda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi dunyo xavfsizligiga rahna soluvchi asosiy tahdid hisoblanadi. Uch yil ichida terrorchilar Eroq va Suriyaning katta qismini bosib olishga muvaffaq bo‘lganlar.

So‘nggi oylarda hududning katta qismi terrorchilardan tozalandi. “Islom davlati”ga qarshi yagona front yo‘q: Suriya hukumati harbiylari Rossiya havo-kosmik kuchlari yordamida, Iroq armiyasi, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya, shuningdek kurdlar, Livan va Iroq shiyalik ko‘ngilli harbiylari uyushmaga qarshi kurash olib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0