TOShKENT, 31 okt - Sputnik. Xellouin kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat joylarini kuchaytirilgan tartibda patrul qiladi.
Shu kuni huquq tartibot xodimlari xiyobonlar va qabristonlarda jamoat tartibiga rioya qilinishi alohida nazorat qilinadi.
Bundan avval Toshkent IIBB boshliq o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev Xellouin bayrami o‘zbek xalqining mentaliteti va an’analariga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgandi.
Xelloun – G‘arb mamlakatlarida har yilning 31-oktabr kunida nishonlash an’anaga aylangan.
Bu kunda odamlar qo‘rqinchli kostumlar kiyib, an’anaviy Xellouin o‘yinlari o‘ynashadi. Bolalar esa uyma-uy yurib shirinliklar yig‘ishadi.
Qovoqdan turli shakllar o‘yish va ichiga sham qo‘yish ham Xellouin ramzlaridan hisoblanadi.