IIBB: Chilonzordagi hodisa yuzasidan shoshilinch xulosa chiqarmanglar

© Sputnik / Dilshoda Raxmatovazamestitel nachalnika GUVD Doniyor Tashxodjayev
zamestitel nachalnika GUVD Doniyor Tashxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U yerda hamma narsa tekshiriladi: gaz ham, suv ham, havo ham, limonad, pechenye va boshqa narsalar ham - IIBB.

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Bugun tongda Chilonzorda sodir bo‘lgan baxtsizlik yuzasidan shoshilinch xulosa chiqarmanglar, deb jurnalistlarga murojaat qildi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i  o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Prokuratura ushbu ish yuzasidan jinoiy ish ochgan.

Sizlardan ushbu fojea yuzasidan shoshilinch xulosa chiiarish yoki izohlar bermaslikni so‘raymiz. Hozircha hech narsa aniq emas, savollar juda ko‘p. U yerda hamma narsa tekshiriladi: gaz ham, suv ham, havo ham, limonad, pechenye va boshqa narsalar ham.  

Bizni ham to‘g‘ri tushuninglar. Hozir ota-ona og‘ir qayg‘uda, 

Mashina skoroy pomoshi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Chilonzorda bir oilaning 4 farzandi vafot etdi
ularga savol berishning o‘zi noqulay. Ular bilan ruxshunoslar ishlamoqda. U yerda tez yordam mashinasi ham navbatchilik qilmoqda. Biz biroz kutib turishimiz kerak.

Agar ekspertiza yo‘li bilan fojea sababini aniqlashning iloji bo‘lsa, biz buni sizlarga albatta xabar qilamiz”, - dedi Toshxo‘jayev jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Toshkentning Chilonzor tumanidagi Dilxush ko‘chasida istiqomat qiluvchi xonadonning to‘rt nafa a’zosi kutilmaganda vafot etgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tarqatgan rasmiy xabarda ular gaz yoki ovqatdan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi aytilgan. Yakuniy xulosa barcha tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0