Taom emas is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan - sud tibbiy eksperti

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishXirurg pered nachalom operatsii
Xirurg pered nachalom operatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki xabarlarda Chilonzordagi oila a’zolari ovqatdan zaharlanish oqibatida vafot bo‘lishi mumkin deyilgan edi.

TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Chilonzor tumanidagi fojiali holatga is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

“Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika bosh Davlat sanitariya vrachi Saidmurod Saidaliyevning bildirishicha, sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, 2018-yil 31-oktabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Dilxush ko‘chasi 37-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Akbarov xonadonida qayd etilgan fojiali holatga taom emas, balki is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.

Bugun ertalab Chilonzor tumanida bir oilaning to‘rt farzandi kutilmaganda

zamestitel nachalnika GUVD Doniyor Tashxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
IIBB: Chilonzordagi hodisa yuzasidan shoshilinch xulosa chiqarmanglar
 vafot etgani haqida xabar bergan edik. Xabarda shuningdek oila a’zolari kechqurun kabob iste’mol qilgani va shundan keyin o‘zini yomon his qilgani ham aytib o‘tilgan edi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi  bergan dastlabki xabarda oila a’zolari ovqatdan zaharlanish oqibatida vaft etgan deyilgan edi, lekin keyinroq IIBB ushbu xabarni tasdiqlamagan va "fojea sabablari hozircha noma’lum  gaz, suv, havo ham tekshirilmoqda” deb xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0