O‘zbekiston harbiy xizmatchilari murakkab tog‘ sharoitida shartli yaradorlarni qutqardi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaUzbekskie voyennoslujashie spasayut uslovnix ranenix v slojnoy gornoy mestnosti
Uzbekskie voyennoslujashie spasayut uslovnix ranenix v slojnoy gornoy mestnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulot davomida tik qoyali joylarda yaralanganlarni evakuatsiya qilish, tog‘ tabiiy to‘siqlarini yengib o‘tish va o‘quv jangovar vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari Baxmal tumanida joylashgan tog‘li hududda murakkab amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Voyenoslujashie RF i RUz - Sputnik O‘zbekiston
Xavfsizlik yo‘lida: Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy hamkorlik qanday rivojlanmoqda?

Dengiz sathidan 3000 metr balandlikda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarda tez o‘zgaruvchan harorat, tuman va bulutli havo, kislorod siyrak bo‘lgan sharoitlarda harakatlana olishlarida ko‘nikma hosil qiladi.

Mashg‘ulot davomida tik qoyali joylarda yaralanganlarni evakuatsiya qilish, tog‘ tabiiy to‘siqlarini yengib o‘tish va o‘quv jangovar vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi.

Tog‘li hududlardagi jangovar harakatlar asosan dovonlarni, tepalik va o‘tish yo‘llarini egallab turish, qo‘shin kolonnalarini olib o‘tish uchun imkoniyat yaratishga qaratiladi. Bu harakatlarda ko‘p sonli qo‘shin emas, aksincha, kichik guruhlar qo‘llaniladi. So‘nggi yillarda dunyoning turli nuqtalarida bo‘layotgan harbiy harakatlar tahlili asosida ishlab chiqilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida kundan-kunga takomillashtirilmoqda.

Harbiy qism qo‘mondonligi ta’kidlashicha, shaxsiy tarkibning mashg‘ulotlari bir-birini takrorlamaydigan, aksincha, bir-birini to‘ldiradigan yangi usullarda o‘tkazilmoqda. Bunda tog‘ sharoitlarida bo‘linmadan ajralgan holda mustaqil harakat qilish va shu orqali harbiy xizmatchining bardoshi va irodasini chiniqtirish nazarda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0