“Bitta kamar bitta yo‘l” loyihasi O‘zbekistonni dengiz portlariga olib chiqadi - Norov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVladimir Norov
Vladimir Norov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bitta kamar bitta yo‘l” loyihasi O‘zbekistonni Fors ko‘rfazining dengiz portlariga olib chiqadi - Norov.

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Xitoy tomonidan e’lon qilingan “Bitta kamar bitta yo‘l” loyihasini O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchilar qatorida qo‘llab quvvatlagan edi, deydi Vladimir Norov 18-iyul kuni Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan anjumanda.  

"O‘tgan yili Xitoyda ushbu tashabbusga bag‘ishlangan forumda, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston nomidan ishtirok etib uchta tashabbusni e’lon qilgan edi:

Rukovoditel otdela Sredney Azii Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Xitoy aloqalari rivojlanishi - Rossiya manfaatlariga zid emas

Birinchidan, “Bitta kamar bitta yo‘l” o‘tgan yo‘nalishlar bo‘ylab ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi.

Ikkinchidan, loyihada ishtirok etayotgan mamlakatlar orasida madaniy gumanitar aloqalarni va turizmni rivojlantirish.

Uchinchidan, ushbu loyihaning forumlaridan birini O‘zbekistonda tashkil qilish.

“Bitta kamar bitta yo‘l” loyihsi o‘zbekiston uchun juda muhim loyihadir, chunki u bizning mamlakatni Fors ko‘rfazining dengiz portlariga olib chiqadi. Ma’lumki O‘zbekiston dengiz portlariga chiqish imkoniyati cheklangan mamlakatlardan biri.

Yuqorida qayd etilgan loyiha hamda "O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy" temir yo‘li qurilishi loyihasi - O‘zbekiston uchun eng muhim tashabbuslardan biridir, chunki transprt kommunikatsiyalarini rivojlantirish – bu hududdagi mamlakatlar orasida munosabatlarni rivojlantirishda birinchi darajali masalasidir”, - deydi Vladimir Norov.

Yangiliklar lentasi
0