Bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayev bo‘shatildi: prokuratura tekshiruv o‘tkazadi

© Press-slujba prezidenta RTKabinet ministrov Uzbekistana
Kabinet ministrov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha yana bir hujjat qabul qilindi.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2018-yil 29-oktabr kuni barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatning har qanday shakl va ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi javobgarligini oshirish to‘g‘risida farmoyish qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Fermeri, yakobi nakazannie za nevipolnenie plana po sboru xlopka - Sputnik O‘zbekiston
"Ariqdagi oltovlon" kimligi aniqlandi

Ushbu farmoyishga muvofiq, g‘alla ekish va sug‘orish ishlarini tashkil etish jarayonida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani bois Mirzayev Zoyir Toirovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etildi.

"Hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga qishloq xo‘jaligi ishlari chog‘ida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan tekshirish o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, joylardagi davlat hokimiyati organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga majburiy mehnatning barcha shakl va ko‘rinishlariga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Facebookdagi "Xalq bilan muloqot" guruhida foydalanuvchilardan biri ariq ichida tizzisigacha suvga botgan holda qo‘lida daftar va ruchka ushlab turgan 6 nafar erkak kishining fotosuratini joylashtirgan edi. 

Molotok  - Sputnik O‘zbekiston
Oqqo‘rg‘on voqeasida aybdor bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi – Bosh prokuratura

Ushbu holat Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani, "Abdunosir G‘ulom" fermer xo‘jaligi maydonida yuz berganligi ma’lum bo‘ldi.

Bosh Prokuratura bu holat yuzasidan izoh berdi.

“Qat’iy aytishimiz mumkinki, bunday holatning yuzaga kelishida aybdor bo‘lgan shaxslar, mansabi va darajasidan qat’iy nazar, tegishlicha javobgarlikka tortilishi ta’minlanadi“, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0