“Markaziy jang maydoni”: Afg‘onistonda 50 mingdan ortiq terrorchilar mavjud

© AP Photo / Raumat GulBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kuda Afg‘oniston hududida 21 ta terrorchilik tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda.

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Bugungi kuda Afg‘oniston hududida 21 ta terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 50 mingdan ortiq jangarilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
DXX Suriyadagi rahbar-jangarilarni O‘zbekistonga qaytardi

Pekinda o‘tkazilayotgan Sanshan xavfsizlik masalalari bo‘yicha xalqaro forumda Afg‘oniston mudofaa vaziri Xilaluddin Xilol so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston taqiqlangan tashkilot vakillari uchun “markaziy jang maydoni”ga aylandi. Ular hududda ta’sir ko‘rsatish uchun kurash olib borishmoqda. Jangarilar orasida – 8 mingdan ortiq xalqaro terrorchilar mavjud.

Eng yirik terrorchilik guruhi “Tolibon” harakati bo‘lib qolmoqda. Uning jangarilar soni 38 ming kishini tashkil qiladi. Shu bilan birga mamlakatda IShID o‘z ta’sirini mustahkamlashga harakat qilmoqda.

Sanshan forumi Pekinda 24-26 oktabr kunlari sakkizinchi marta o‘tkazilmoqda.

O‘tgan kuni Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksand Fomin IShID guruhlarining tarqalishi xavfi haqida ogohlantirgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0