DXX Suriyadagi rahbar-jangarilarni O‘zbekistonga qaytardi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat xavfsizlik xizmati Suriyada janglarda qatnashgan jinoiy guruhlar rahbarlarini qaytardi

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda Suriyada janglarda qatnashgan bir nechta jangarilarni mamlakatga qaytardi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz nashri.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro terrorchi tashkilotlar a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Ular Suriyada faoliyat olib boruvchi va O‘zbekiston xavsizligiga tahdid soluvchi "Kotibatul Imom-al Buxoriy", "Kotibatul Tavxid va Jixad" xalqaro terroristik uyushmalari mas’ul shaxslar va rahbarlar bo‘lganligi aytilmoqda.

Ushlanganlardan biri Suriyada "Katibatul Imom-al Buxoriy" rahbari bo‘lgan. U 1984-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi. 2009-2010 yillarda Surxondaryo viloyatida "Jihodchilar" yashirin yacheyka a’zosi bo‘lgan.

2011 yilda Rossiya va Turkiya tranziti orqali Suriyaga ketib, terroristik-buzg‘unchilik tayyorgarlikdan o‘tgan.

Ikkinchi shaxs Suriyadagi "Kotibatul Imom-al Buxoriy" terrorchilik tashkiloti moliyaviy ta’minoti, jangarilarni yollash va Suriyaga yuborish uchun mas’ul bo‘lgan.

Vstrecha spasennix v Sirii rossiyskix detey v aeroportu Groznogo - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada qutqarilgan ayollar va bolalar Chechenistongan olib kelindi

U 1985-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi. 2014-yilda Suriyaga borib, diversion-terroristik tayyorgarlikdan o‘tgan.

"Kotibatul Imom-al Buxoriy" terrorchilik tashkilotining yana bir a’zosi bu guruhga 2015-yilda kelib qo‘shilgan bo‘lib, yangi a’zolarni Turkiyada kutib olish va ularni Suriyaga o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan.

U 1993-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi. 2011-yilda Pokiston orqali Afg‘onistonga kirib borgan va "Islom jihodi ittifoqi" tashkilotiga a’zo bo‘lgan. Terroristik faoliyat amaliyotidan o‘tgach, hukumat qo‘shinlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

Xorijda bo‘lgan vaqtlarida bu fuqarolar qalbaki hujjatlardan foydalnishgan va shu vaqtgacha o‘zlarini uyg‘urman deya tanishtirganlar. 

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onalik yigit Suriyada terrorchilar safida jang qilgani uchun 15-yilga qamaldi

DXX sayi-harakatlari tufayli O‘zbekistonga yana bir vatandosh qaytarilgan. U ham "Kotibatul Tavhid va Jihod" terroristik tashkiloti a’zosi bo‘lgan.

Bu shaxs terroristik tashkilotning moddiy ta’minoti uchun pul to‘plash bilan shug‘ullangan, shuningdek Suriyaga yuborish uchun yangi a’zolarni yollagan. U 1990-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi.

Ayni vaqtda bu shaxslarga nisbatan qo‘g‘atilgan jinoiy ishlar doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0