Xalqaro terrorchi tashkilotlar a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zokir Rahimov Afg‘oniston, 2001-yil oxirlarida Pokistonga va 2005-yildan so‘ng Eronga qochib o‘tadi va bu mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarga borib qo‘shiladi.   

TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv  tadbirlari davomida “Turkiston islom harakati” va keyinchalik “Islom jihodi ittihodi” xalqaro terroristik tashkilotlari a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Zokir Rahimov Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvda ma’lum qilindi.

1973 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Zokir Rahimov 1994—1999 yillarda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi a’zosi sifatida jamoat yig‘ilishlarida ishtirok etib kelgan.

1999 yilning fevral oyida yuz bergan voqealardan so‘ng turli ekstremistik oqimlar vakillari huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan so‘roq qilina boshlagach, Zokir Rahimov jinoiy javobgarlikka tortilishidan qo‘rqib, o‘sha yili kuz oylarida Toshkent viloyatining Bekobod tumani orqali Tojikistonga chiqib ketgan. U yerda “Turkiston islom harakati” terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shiladi.  

So‘ngra Zokir Rahimov Afg‘oniston, 2001-yil oxirlarida Pokistonga va 2005-yildan so‘ng Eronga qochib o‘tadi va bu mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarga borib qo‘shiladi.   

U 2014-yilda Turkiyaga keladi va bu yerda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Hozirda DXX Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Zokir Rahimovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Yangiliklar lentasi
0