Rossiya harbiy bazasiga hujum qilgan dronlarni AQSh boshqarib turgan

© MOAtaka dronov na aviabazu "Xmeymim"
Ataka dronov na aviabazu Xmeymim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dronlarning tashqi ko‘rinishi ko‘rimsiz bo‘lsada, ularda eng zamonaviy navigatsiya va boshqaru tizimlari hamda bomba tashlash mexanizmlari o‘rnatilgan.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Rossiyaning Suriyadagi aviabazasiga uyushtirilgan dronlar ommaviy hujumlaridan biri, AQShning razvedkachi samolyotidan turib boshqarib turilgan, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin.

O‘shanda bir vaqtning o‘zida 13ta uchuvchisiz apparat yo‘naltirilgan edi. <…> Ular umumiy boshqaruv ostida yagona jangovar tartibda harakatlanishgan edi. Aynan shu damda amerikaning "Poseydon-8" razvedkachi samolyoti O‘rta yer dengizi ustida 8 soat davomida sekin aylanib uchgan edi”, - dedi Fomin Xitoyda bo‘lib o‘tgan xavfsizlik forumida.  

Dronlar avtomatik ravishda ishlashi mumkin, lekin radioto‘lqin himoyasiga uchrasa qo‘l boshqaruviga o‘tkazish ham mumkin.

“Qo‘l boshqaruvi esa, dalada yurgan dehqon tomonidan emas, zamonaviy texnika bilan jihozlangan “Poseydon-8” razvedkachi samolyot tomonidan amalga oshirilgan",- deydi Fomin.

Dubai Airshow 2017 da namoyish etilgan harbiy dronlar - Sputnik O‘zbekiston
Yoppasiga uyushtirilgan dronlar hujumi to‘xtatib qolindi

Vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, Xmeymimga hujum qilgan samolyotgan radioto‘lqin to‘sig‘iga uchraganidan so‘ng qo‘l boshqaruviga o‘tkazilgan. Ularga sputniklar orqali, radioto‘lqinlar to‘sig‘i yo‘q joylar ko‘rsatila boshlangan.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, faqat avgust oyida Xmeymim aviabazasiga hujum qilgan 47ta dron urib tushirilgan. Ushbu  dronlarning tashqi ko‘rinishi ko‘rimsiz bo‘lishiga qaramasdan, ularda eng zamonaviy navigatsiya va boshqaruv tizimlari hamda bomba tashlash mexanizmlari o‘rnatilgan. Bu terrorchilarga ularni yasashda yuqori texnologiyali davlat ko‘mak berganidan dalolat beradi, deyilgan xabarda.

© MOAtaka dronov na aviabazu "Xmeymim"
Rossiya harbiy bazasiga hujum qilgan dronlarni AQSh boshqarib turgan - Sputnik O‘zbekiston
Ataka dronov na aviabazu "Xmeymim"
Yangiliklar lentasi
0