Yoppasiga uyushtirilgan dronlar hujumi to‘xtatib qolindi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishDubai Airshow 2017 da namoyish etilgan harbiy dronlar
Dubai Airshow 2017 da namoyish etilgan harbiy dronlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyada, rojdestvo bayrami arafasida, dronlarning yoppasiga uyushtirilgan hujumi to‘xtatib qolindi.

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Suriyada “Xmeymim” aviabazasiga uyushtirilgan dronlarning ommaviy hujumi to‘xtatib qolindi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

Vilet pervoy gruppi samoletov VKS s aviabazi Xmeymim v punkti postoyannogo bazirovaniya na territorii Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Putin Suriyadan Rossiya qo‘shinlarini chiqarishni buyurdi

Harbiy bazaning xavfsizlik xizmati hamda Tartus portida joylashgan Rossiya harbiy-dengiz flotining texnik xizmat ko‘rsatish kuchlari 5-6 yanvar tunida dronlarning Rossiya aviabazasiga uyushtirilgan ommaviy hujumini to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Tun qorong‘usida Rossiya havo mudofaasi kuchlari uzoq masofadan Rossiya harbiy obyektlariga yaqinlashib kelayotgan 13ta noma’lum kichik jismlarni payqashgan. Noma’lum jismlarda 10tasi “Xmeymim” aviabazasiga yana 3tasi Tartusdagi moddiy-texnik bazasiga yaqinlashib kelayotgani aniqlangan.

Rossiya harbiy kuchlarining radioelektron kurash bo‘linmalari ushbu uchuvchisiz apparatlarning 6tasini o‘z boshqaruvi ostiga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Ulardan uchtasini aviazaba tashqarisida qo‘ndirilgan, yana uchtasi qo‘ndirish vaqti portlab ketgan.

© MOMajburiy qo‘ndirilgan qo‘lbola dron
Ataka dronov na aviabazu Xmeymim - Sputnik O‘zbekiston
Majburiy qo‘ndirilgan qo‘lbola dron
Qolgan 7ta uchuvchisiz apparatlar harbiy navbatchilikda turgan “Pansir-S” zenit pushkalari yordamida yo‘q qilingan. Hujum natijasida Rossiya aviabazasiga hech qanday zarar yetkazilmagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi o‘zining “VKontakte” ijitmoiy tarmog‘ida  qo‘lga olingan apparatlarning fotosuratlarini chop etdi.

© MOQo‘lbola dron eng zamonaviy navigatsiya va boshqaruv qurilmalari bilan jihozlangan
Ataka dronov na aviabazu Xmeymim - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘lbola dron eng zamonaviy navigatsiya va boshqaruv qurilmalari bilan jihozlangan
Ayni damda mutaxassislar uchuvchisiz apparatlar qayerda, qanday sharoitda yasalganligini, ularda qo‘llanilgan navigatsiya aspoblari, portlovchi moddalar va detonatorlar tarkibi, ishlab chiqarilgan mamlakati va terrorchilarga yetkazib berish kanallari o‘rganilmoqda.

Ularning ularning uchirilgan joyi allaqachon aniqlangan, bu bazadan 50 km masofada bo‘lgan hudud.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, terrorchilar tomonidan qo‘llanilgan muhandislik yechimlari, navigatsiyasi va masofadan turib boshqarish uslubi, bomba tashlash mexanizmi va boshqalar – yuqori texnik rivojlanish darajasiga ega bo‘lgan, faqat bir necha mamlakatga xosdir.

© MOUchuvchisiz apparatlarga o‘rnatilgan qo‘lbola bombalar
Ataka dronov na aviabazu Xmeymim - Sputnik O‘zbekiston
Uchuvchisiz apparatlarga o‘rnatilgan qo‘lbola bombalar
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, bunday hujumlar 100 km gacha bo‘lgan masofadan turib, dunyoning istalgan mamlakatiga qarshi amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bu oxirgi bir necha kun ichida terrorchilar tomonidan Rossiya harbiy bazasiga uyushtirilgan ikkinchi hujumidir. Yangi yil oqshomi "Xmeymim" minmotdan o‘qqa tutilgan va ikki nafar askar qurbon bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0