TOShKENT, 24 okt - Sputnik. The Muslim 500 - dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxati to‘qqizinchi bor e’lon qilinji. Bu yilgi reytingga aralash yakkakurash (MMA) bo‘yicha rossiyalik sportchi Xabib Nurmagomedov ham kiritildi.
Shuningdek, ro‘yxatdan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov, Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev va Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani o‘rin olgan.
Top-500 musulmonlar ro‘yxatiga O‘zbekiston bosh muftiysi Usmonxon Alimov va uning tojikistonlik hamkasbi ham kiritilgan.
Top-50 reytingga o‘tgan yilgi singari shahzoda Karim Al-Husayniy (Oga Xon IV) kiritilgan. U 36-qatorni egallagan.
Joriy yil koinotning eng obro‘li musulmoni etib Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on tan olingan.
The Muslim 500 reytingi har yili O‘mon qirolligi islom strategik tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilinadi.