Polsha G‘arbni Rossiyaga qarshi birlashishga chorladi

© AP Photo / Shakh AivazovVoyennoslujashie SShA vo vremya sovmestnix voyennix ucheniy na baze Vaziani nepodaleku ot Tbilisi, Gruziya
Voyennoslujashie SShA vo vremya sovmestnix voyennix ucheniy na baze Vaziani nepodaleku ot Tbilisi, Gruziya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Varshavaning o‘z hududida amerika diviziyasini joylashtirish rejasiga izoh berar ekan, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bu harakat mintaqa xavfsizligini kuchaytirishga xizmat qilmasligini va Moskvani javob choralari ko‘rishga majbur etishini ma’lum qildi

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. G‘arb Rossiyaga qarshi birlashishi lozim, deb bayonot qildi Polsha Milliy xavfsizlik burosi rahbari Pavel Solox Varshavada o‘tkazilgan xavfsizlik bo‘yicha forumda.

"Rossiya – bu xavfsizlik uchun strategik chaqiriq. Nafaqat Polsha va mintaqa, balki butun kontingent uchun, shuningdek, bu chaqiriq jahon ko‘lamiga ega", - deb aytgan Solox.

Aleksandr Xrolenko, voyenniy obozrevatel  - Sputnik O‘zbekiston
Xrolenko: Yevropa Rossiya bilan kechadan oldin kuni urush boshlashi mumkin edi

Unga ko‘ra, Moskva "dunyodagi tartib va jahon xavfsizligini buzishga harakat qilmoqda".

"Hozir birdamligimiz har qachongindan-da muhim. Nafaqat NATO doirasida, balki butun g‘arb hamjamiyati uchun. Bizning javobimiz muvofiqlashtirilgan bo‘lmog‘i lozim", - deb bayonot qilgan Solox.

Buro rahbari Polshada NATOning doimiy bazasini joylashtirish ehtimolini "butun mintaqa xavfsizligi uchun investitsiya" deb atadi.

"AQSh o‘zining ittifoqdoshlik burchlarini jiddiy qayta ko‘rib chiqmoqda. Polshada AQSh harbiylari sonini kuchaytirish bo‘yicha muloqotlar bunga misol bo‘la oladi", - dedi u.

So‘nggi vaqtlarda Polshada Rossiyadan bo‘ladigan harbiy xavf mavzusi faol ravishda muhokama qilinmoqda. Buning natijasida polsha armiyasi sonini keskin oshirish rejalashtirilmoqda. Polshada ko‘pmillatli NATO harbiy batalon guruhi hamda AQSh armiyasi bronetank brigadasi to‘plangan.

Donald Tramp, Amerika prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Tramp o‘z fikridan qaytdi. NATO endi eskirgan tashkilot emas

Polsha o‘z hududida amerika bronetank diviziyasini kengaytirish uchun rasman ikki milliard dollar mablag‘ ajratishni so‘radi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiya chegaralarida ko‘proq texnika va batalonlarini joylashtirish uchun shu bahonadan foydalanmoqda.

Varshavaning o‘z hududida amerika diviziyasini joylashtirish rejasiga izoh berar ekan, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bu harakat mintaqa xavfsizligini kuchaytirishga xizmat qilmasligini va Moskvani javob choralari ko‘rishga majbur etishini ma’lum qildi.

"Bunday sharoitlarda biz <…> barcha yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy tahdidlarni yo‘q qilishga tayyor bo‘lmog‘imiz lozim", — deb ta’kidlagan Shoygu.

Yangiliklar lentasi
0