Uy ichida o‘rnatilgan hisobga olish asboblarining saqlanishi uchun uy egalari javob beradi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishZamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka
Zamena starix elektroschetchikov v jilix domax Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga tashqaridan ta’sir ko‘rsatish ham qoida buzilishi hisoblanadi va majburiy ijro burosining vakili tomonidan dalolatnoma tuziladi.

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi.

Santexnik ustanavlivayet schetchik na vodu - Sputnik O‘zbekiston
Hisoblagich bo‘lmagan hollarda to‘lov 2 baravar olinishi mumkin

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, to‘lov hujjatida xatolar yoki hisobga olish asboblari ko‘rsatkichida noaniqliklar aniqlangan taqdirda, iste’molchi hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qiladi, korxona esa bu haqida majburiy ijro burosiga xabar berishi kerakligi belgilandi.

Shuningdek, qarorga muvofiq ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va xususiy xonadonlar ichida o‘rnatilgan hisobga olish asboblarining saqlanishi va butunligi uchun iste’molchining javobgarligi belgilandi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga tashqaridan ta’sir ko‘rsatish ham qoida buzilishi hisoblanadi va majburiy ijro burosining vakili tomonidan dalolatnoma tuziladi.

Xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan o‘tkazish uchun yechib olish sanasida tuzilishi belgilandi.

Bundan tashqari iste’molchilar gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganda, iste’mol qilingan gazning qiymatini undirish holatlariga aniqlik kiritildi.

Xususan, hisobga olishni noto‘g‘ri ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priboriga modem yoki boshqa vositalarning ruxsatisiz ulanganligi aniqlanganda – ruxsatsiz aralashilgan kundan boshlab butun vaqt davomida, hisobga olish pribori buzilgan taqdirda yoki mavjud bo‘lmaganda, plombalar uzilganda bir hisob-kitob davridan ko‘p bo‘lmagan vaqtda gazning qiymati undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0