Hisoblagich bo‘lmagan hollarda to‘lov 2 baravar olinishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Smirnov / Mediabankka o‘tishSantexnik ustanavlivayet schetchik na vodu
Santexnik ustanavlivayet schetchik na vodu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yilgan. Unga ko‘ra suv ta’minoti xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlanishi mumkin

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining "Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlar tariflarini qo‘llashni belgilash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yilgan.

Vodoprovodniy kran - Sputnik O‘zbekiston
Suv uchun oldindan 100% to‘lov - O‘zbekistonda yangi qonun amalga kiritildi

Hujjat loyihasiga ko‘ra, hisoblagich bo‘lmagan holatlarda iste’molchilar suv uchun to‘lovlarni tasdiqlangan tarif bo‘yicha 2 baravar miqdorda to‘lashi zarur bo‘ladi.

Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi.

Qaror loyihasi Moliya, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari tomonidan tayyorlangan.

Ushbu o‘zgarishlar 2018-yil 1-iyuldan kuchga kiritish rejalashtirilgan.

Portalda qaror loyihasi 13-fevralga qadar muhokama qilinadi. Qaror 19-fevraldan kuchga kiritish kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0