"Katta poyga": O‘zbekiston uchun Rossiya bilan kimo‘zarga bel bog‘lagan AQSh

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova23 oktabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodniy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum
23 oktabrya v gostinitse Hyatt Regency Tashkent sostoyalsya yejegodniy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya hamda tovar ayriboshlash ko‘rsatkichlarida Rossiyaga yetib olish haqida jiddiy bosh qotirmoqda. Moskva imzolagandan ko‘proq kelishuvlar va shartnomalarni imzolash rejasi haqida Toshkentda o‘tkazilgan ikkiyoqlama biznes-forumda Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm gapirdi

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan va katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi yakunlanganiga ko‘p vaqt o‘tmay, bugun, 23-oktabr kuni O‘zbekiston poytaxtida Amerika biznes doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forum tashkillashtirildi.

Tadbirda Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va ilk marotaba AQSh savdo vaziri Uilbur Ross ishtirok etishdi.

Bir kun oldin O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev Kerolin Lemm boshchiligidagi Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi delegatsiyasini qabul qilib, uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, avvalo, texnologiyalar sohasidagi sheriklikni rivojlantirishning aniq istiqbollarini muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.

Safoyev o‘zbek-amerika munosabatlarining yangi bosqichi haqida gapirdi

Forumni ochib bergan O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev o‘z nutqida "88 ta amerika kompaniyalari O‘zbekistonga kelib, biznesni tashkil etishi kecha qiyin masala bo‘lganini", ammo bu o‘zgarishlar 2ta muhim omil asosida amalga oshayotganini aytdi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova23 oktabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodniy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum
Katta poyga: O‘zbekiston uchun Rossiya bilan kimo‘zarga bel bog‘lagan AQSh - Sputnik O‘zbekiston
23 oktabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodniy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum

Safoyevga ko‘ra, birinchi omil bu - O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2-yil davomida amalga oshirgan, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy jihatdan modernizatsiya qilishga qaratilgan ta’sirchan islohotlar bo‘lib, buning natijasida amerikaliklar O‘zbekistonga dadil kirib kela olishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Senator ikkinchi omil sifatida bugungi forum, ya’ni AQSh tomonidan bildirilayotgan qiziqishni ko‘rsatib o‘tdi. Safoyevning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ikkiyolama munosabatlarga yangicha ruh bergan. "AQSh savdo vazirining O‘zbekistonga kelgani, bugun shu tadbirda ishtirok etayotgani - mana shunday prezent ikkiyoqlama munosabatlarning yangi bosqichidan dalolat beradi", - dedi senator.

Xolmurodov amerikaliklarni investitsiya kiritishga chorladi

Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiya bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisi Suxrob Xolmurodov biznes-forum ishtirokchilarini qutlar ekan, AQSh savdo vaziri Uilbur Ross ikkiyoqlama munosabatlar tarixida ilk marotaba O‘zbekistonga tashrif buyurganiga urg‘u berdi.

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga qaraganda O‘zbekistonga ko‘proq investitsiya kiritmoqchi

Xolmurodovning so‘zlariga ko‘ra, AQSh savdo vaziri O‘zbekistonda chet el investitsiyalarini jalb etish bo‘yicha tizimli ravishda qulay shart-sharoitlar yaratilayotganini ta’kidlab, Toshkent va Vashington o‘rtasidagi strategik hamkorlikni chuqurlashtirishdan tomonlar birdek manfaatdorligini qayd etib o‘tgan.

Investitsiya qo‘mitasi rahbari O‘zbekistonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangicha yo‘nalishlari shakllantirilayotganini aytdi va O‘zbekiston hukumati chet el investitsiyalari xavfsizligini to‘liq ta’minlashga shayligini, ular to‘liq himoya qilinishini alohida qayd etdi.

"Umid qilamanki, amerika kompaniyalari rahbarlari bugun O‘zbekistonga yangicha nazar bilan qarashadi va o‘zlari uchun katta iqtisodiy salohiyatga ega loyihalarni belgilab olishadi", - dedi u.

Xolmurodov AQSh kompaniyalariga kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida, geologik qidiruv, qurilish materiallarini ishlab-chiqarish, agrosanoat majmualari sohalariga investitsiya kiritishni taklif etdi.

"Qadimiy shaharlarimiz - Samarqand, Buxoro va Xivada turizm, mehmonxona biznesi infratuzilmalarini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz. Barchangizni shiddat bilan rivojlanayotgan turizm sohasidagi noyob imkoniyatdan foydalanishga va loyihalarda ishtirok etishga chaqiramiz", - dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

AQSh Rossiya bilan poyga o‘ynamoqchi

Forumda so‘zga chiqqan Amerika-O‘zbekiston savdo-palatasi raisi Kerolin Lemm AQSh O‘zbekiston bilan savdo va investitsion hamkorlikni oshirmoqchiligini bayon etdi.

23 oktabrya v gostinitse Hyatt Regency Tashkent sostoyalsya yejegodniy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-AQSh biznes-forumida 2,5 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Lemmning ta’kidiga ko‘ra, O‘zbekiston-AQSh munosabatlari katta masofani bosib o‘tdi.

"Ammo bu yil ushbu munosabatlarda o‘zgacha yil bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifidan boshlab, uning Tramp bilan uchrashuvigacha. Prezident bizning kompaniyalarimiz bilan uchrashish uchun vaqtini ayamaydi. Bu bizga ilhom bag‘ishlaydi va ishonch beradi", - dedi Amerika-O‘zbekiston savdo-palatasi raisi.

Lemmning ta’kidiga ko‘ra, AQSh investitsiyalar borasida Rossiya ko‘rsatkichlariga yetishga bel bog‘lagan.

"Kuni kecha senator (Sodiq) Safoyevdan ruslar ko‘proq bitim imzolagani haqida muhim ma’lumotni bilib oldik. Biz shunday qarorga keldikki, investitsiyalar va savdo hamkorligi ko‘rsatkichini oshirish uchun ko‘proq ishlarni amalga oshira olamiz. O‘zbekiston bilan memorandumlarimiz - bu faqat boshlanishi, biz faqat oldinga harakat qilmoqdamiz", - dedi Lemm.

Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisining so‘zlariga ko‘ra, amerika kompaniyalari O‘zbekistondagi loyihalarga 9 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ tikishga tayyor.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova23 oktabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodniy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum
Katta poyga: O‘zbekiston uchun Rossiya bilan kimo‘zarga bel bog‘lagan AQSh - Sputnik O‘zbekiston
23 oktabrya v gostinitse "Hyatt Regency Tashkent" sostoyalsya yejegodniy uzbeksko-amerikanskiy biznes–forum

O‘zbekiston-Amerika biznes-forumida to‘rt asosiy spikerlardan biri bo‘lgan - AQSh savdo vaziri Uilbur Ross ham tadbir ishtirokchilari qarshisida nutq so‘zladi.

Ross O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berib, "bunday islohotlar mamlakatdagi investitsiya muhitini yaxshilashiga xizmat qilishini", "bunday o‘zgarishlar o‘sish va farovonlikning yangi davriga olib borishini" qayd etdi.

Shuningdek, AQSh Savdo vazirligi O‘zbekiston hukumati bilan savdo hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ish olib borayotgani haqida ham aytib o‘tdi.

Amaldagi ishlar

Endi faktlarga o‘tsak. Ilgariroq, yuqorida ta’kidlaganimiz kabi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda Kerolin Lemm respublikaga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 5 milliard dollardan oshishi mumkinligini aytgan edi. Ammo joriy yilning 9 oyi mobaynida bu investitsiyalar bor-yo‘g‘i 332 million dollarni tashkil qildi.

Amerikaliklar hozircha memorandumlar bilan cheklanib turgan bir vaqtda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga rasmiy tashrifi rekord darajadagi ikki tomonlama bitimlar va investitsiya borasida eng yirik takliflar bilan yodda qoldi. Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida umumiy hajmi 27,1 milliard dollarlik 800dan ziyod hujjatlar imzolandi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 6 milliard dollarni tashkil etadi, tomonlar tez orada bu ko‘rsatkichni 10 millardga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Putin tashrifi maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

Qolaversa, O‘zbekistonga o‘z tovarlari va xizmatlarini eksport qiladigan mamlakatlar ro‘yxatida ham AQSh hatto birinchi o‘ntalikdan joy egallamagan.

Rossiya Federatsiyasi eksporti umumiy savdo trafigidan 20%ni tashkil qilsa, AQSh 1,4% ko‘rsatkich bilan Ukraina bilan bu pozitsiyani bo‘lishmoqda va hatto Latviyadan keyingi o‘rinda joy olgan.

Rossiya – O‘zbekistonning eng yirik savdo va investitsion hamkorlaridan biridir. O‘zbekiston Rossiyaga o‘z meva-sabzavotlari, avtomobillari va tekstil mahsulotlarining kattagina qismini eksport qiladi.

RF bundan tashqari, O‘zbekistondagi yirik investloyihalarda ishtirok etadi. Bugungi kunda Rossiya kompaniyalarining O‘zbekistondagi loyihalarga kiritgan mablag‘lari 9 milliard dollarga yaqinlashmoqda. Ularning eng yirigi neft-gaz sohasi, shuningdek, energetika loyihalari bilan bog‘liq.

Yangiliklar lentasi
0