O‘zbekiston razvedkachilari Britaniyada o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyskovie razvedchiki Uzbekistana pobedili na konkurse "Kembriyskiy patrul" v Velikobritanii
Voyskovie razvedchiki Uzbekistana pobedili na konkurse Kembriyskiy patrul v Velikobritanii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari guruhi Buyuk Britaniyada razvedka bo‘linmalari o‘rtasidagi “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida ishtirok etdi.

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qo‘shin razvedkachilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritdi. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga asosan.

Ministr oboroni RUz Abdusalom Azizov nagradil pobediteley letnix Olimpiyskix igr - Sputnik O‘zbekiston
Abdusalom Azizov Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga harbiy unvonlarni topshirdi

15−17 oktabr kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari guruhi Buyuk Britaniyada razvedka bo‘linmalari o‘rtasidagi “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida ishtirok etdi.

Musobaqada 34 davlatdan 123 ta jamoa qatnashdi.

“Kembriya patruli” musobaqasi 40-yildan buyon Uelsda an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinadi. Ushbu tanlov dunyo harbiy xizmatchilari ichida o‘tkaziladigan eng murakkab va nufuzli musobaqalardan biri hisoblanib, uni maxsus bo‘linmalarga saralash jarayoni bilan ham taqqoslashadi. Bunda asosiy e’tibor harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligiga qaratilgan.

Ishtirokchilar Kembriya tog‘larida to‘liq jangovar qurollangan holda hech qanday navigatsiya vositalarisiz kamida 25 kg yuk bilan 70 km masofani bosib o‘tishda 1500 m balandlikka ko‘tarilib, 1000 m tik nishablikni 48 soat ichida bosib o‘tishlari lozim.

Nemeskiy voyenniy spetsialist Klaus Xutger - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Germaniya harbiy mutaxassislari mashg‘ulot o‘tkazishdi

2017 yilda mazkur musobaqada 29 mamlakatdan 139 ta jamoa qatnashgan edi. Unda birinchi marta ishtirok etgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni zabt etgan bo‘lsa, bu yilgi tanlovga qat’iy tayyorgarlik va aniq maqsadlar bilan borgan o‘zbekistonlik harbiylari mezbon davlat vakillari bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Ikkinchi o‘rin Buyuk Britaniya, Hindiston va Fransiya jamoalariga nasib etgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Buyuk Britaniya va Qozog‘istondan kelgan jamoalar egalladi. Qiziqarli jihat, ushbu tanlovda Angliyaning 90 ta jamoasi ishtirok etdi.

Kecha, 22-oktabr kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida “Kembriya patruli” tanlovining g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Nachalo sovmestnix uzbeksko-tadjikskix voyennix ucheniy v Sogdiyskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maxsus harbiy bo‘linmalari xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov mamlakatimizga oltin medallar bilan kelgan g‘olib jamoa a’zolarini qutladi va o‘tgan yillarga nisbatan vazirlik qo‘shinlarida jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari bir necha marta ham sifat, ham soni bo‘yicha ko‘paygani evaziga mana shunday yutuqlarga erishilayotganini ta’kidladi. 

“Prezidentimizning joriy yilda Buxoro viloyatida joylashgan harbiy qismga tashrifi davomida o‘tgan yilda “Kembriya patruli” tanlovida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan qo‘shin razvedkachilarimiz bu yilda, albatta, g‘oliblik shohsupasini egallab, yorug‘ yuz bilan Vatanga qaytishga va’da berishgandi va buning uddasidan chiqishdi.

Bir haqiqatni tan olishimiz kerak – bunday g‘alabaga Vatanni sevmasdan, unga sodiq bo‘lmasdan erishib bo‘lmasdi!,” – dedi Abdusalom Azizov.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan g‘olib harbiy xizmatchilarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi. To‘qqiz nafar tanlov g‘olibi O‘zbekiston mudofaa vazirining “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Yangiliklar lentasi
0