TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Janubiy Korolina shtatida istiqomat qiluvchi ayol o‘zining turmush o‘rtog‘ini ko‘z tomchilari yordamida zaharlab o‘ldirilishida gumonlanuvchi tariqasida hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti New York Post nashriga asoslanib xabar qildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlariga ko‘ra, 64 yoshli Stiven Kleyton o‘z uyida o‘lik holda topilgan. U zinadan yiqilib tushishi oqibatida vafot etgan deb taxmin qilingan. Biroq, jasad yorib ko‘rilganda, uning organizmida ko‘p miqdorda kimoviy moddalar borligi aniqlangan.
Lana Kleyton ko‘rsatmalariga ko‘ra, u 3 kun davomida turmush o‘rtog‘ining ko‘z tomchilariga suv qo‘shib kelganligini ma’lum qilgan. Tibbiy ekspertlar fikriga ko‘ra, odam organizmiga bu faol kimoviy modda neyrotoksin singari ta’sir qiladi va inson asab tizimiga hujum qilishni boshlaydi.
New York Post yozishicha, bir necha yil oldin Kleyton erining xiyonati haqida internetda shikoyat qilgandi.
Biroq hozircha huquq tartibot organlari qotillik sabablarini aytishmayapti.