Gorbachev: AQShning RSMD shartnomasidan chiqishi - bu katta xato bo‘ladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMixail Gorbachev
Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RSMD shartnomasi kelajakda insoniyatni yadro qurolidan butunlay xalos qilishi mumkin.

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachev AQShning yaqin va o‘rta masofali reketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomadan chiqishga qaror qilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi, deb yozadi RIA Novosti.

“RSMD shartnomasiga kiritilgan yechimlar o‘z vaqtida insoniyatning buyuk g‘alabasi bo‘lgan edi. U kelajakda yadro qurolini butunlay yo‘q qilishga olib kelishi kerak edi. Ushbu ishni davom ettirish o‘rniga ayrim siyosatchilar “orqaga” qadam tashlamoqda”, - dedi Mixail Gorbachev.

Eslatib o‘tamiz 2 kun oldin Donald Tramp AQSh RSMD shartnomasidan chiqishi mumkinligini xabar qildi. Bu degani, AQSh yaqin va o‘rta masofalarga (500-1000 va 500-5500 km ) uchadigan ballistik raketlarni qaytadan ishlab chiqarishni boshlashi mumkinligini anglatadi.

Strelba iz zenitno-raketnogo kompleksa. Arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh SSSR bilan imzolangan raketalar haqidagi shartnomadan chiqishini e’lon qildi

Vaholanki 1987-yilda imzolangan shartnomaga ko‘ra SSSR va AQSh ushbu turdagi yadroviy raketalarni mutlaq yo‘q qilib tashlashlari kerak edi. Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va Belarus ushbu shartlarni 1993-yilda bajarishgan.

RSMD shartnomasi muddatsiz bo‘lib, hech bir mamlakat undan o‘z-o‘zidan chiqa olmaydi. Faqatgina shartnoma shartlari boshqa mamlakat tomonidan buzilgan taqdirda ikkinchi tomon ham undan voz kechishi mumkin. Ayni damda AQSh, Rossiyani ushbu shartnomani buzishda ayblayotgan bo‘lsada, bunga hech qanday dalil va isbot keltirgani yo‘q.

© WikipediaGorbachev va Reygan RSMD shartnomasini imzolashmoqda. Vashington, Oq uy 1987-yil 7-dekabr.
Gorbachev: AQShning RSMD shartnomasidan chiqishi - bu katta xato bo‘ladi - Sputnik O‘zbekiston
Gorbachev va Reygan RSMD shartnomasini imzolashmoqda. Vashington, Oq uy 1987-yil 7-dekabr.
Yangiliklar lentasi
0