Analitika

Osokin: Oʻzbekistonda yaxshi biznes-analitika yetishmaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovEkspert po upravleniyu proyektami, upravlyayuщiy partnyor Osokins Consulting Roman Osokin
Ekspert po upravleniyu proyektami, upravlyayuщiy partnyor Osokins Consulting Roman Osokin - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston-Rossiya birinchi mintaqalararo forumda ishtirok etgan ekspert Roman Osokin forum haqidagi fikrlari va kelgusida nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi xususida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi

TOSHKENT, 20 okt - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida Toshkentda ikki kunlik Oʻzbekiston-Rossiya birinchi mintaqalaro forumi oʻtkazildi. Unda ikki davlatdan viloyatlar hokimlari, biznes doiralar va korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Roman Osokin, loyihalar boshqaruvi boʻyicha ekspert 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Rossiya birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Putin tashrifi maqsadi: Oʻzbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

"Birinchi oʻrinda forum tashkilotchilariga minnatdorlik bildirmoqchiman. Men bir yarim yildan beri Oʻzbekistonda boʻlsam, shuni tasdiqlashim mumkin-ki Oʻzbekiston-Rossiya forumi men bu yerda guvohi boʻlgan boshqa xalqaro biznes tadbirlarni ham ishtirokchilar va tashkilotchilik sifati nuqtai-nazardan ham ortda qoldirdi", - dedi Osokins Consulting boshqaruvchi hamkori.

Osokinning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putindan tashqari gubernatorlarning va RF hukuat aʼzolarining Oʻzbekistonga tashrifi forum ahamiyatini oshirdi.

"Bu Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarda sezilarli ijobiy tendentsiyaga javob beradi: soʻnggi bir yil ichida mamlakatlar oʻrtasidagi tovarayriboshlash uch barobar ortdi", - dedi Osokin.

U shuningdek, forumdagi ayrim kamchiliklar xususida ham toʻxtalib oʻtdi.

Uzekspotsentr - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yangi AES, iqtisodiyot va klasterlar: birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi

"Forumda sezilgan kamchiliklarga toʻxtaladigan boʻlsam, aytishim mumkin-ki - mustaqil ekspertlar ishtiroki yetishmadi. Ular Oʻzbekiston iqtisodiyoti haqida toʻliq, shuningdek, alohida sanoatlar boʻyicha ham tahlil va prognozlarni taqdim etishlari mumkin edi. Mening fikrimcha, Oʻzbekiston haqida yaxshi biznes-analitika haqiqatda bugun kamyob, bu sohada axborot tanqisligi koʻzga tashlanmoqda. Moliya va yuridik konsalting, koʻchmas mulk konsaltingi va loyihalarni boshqarish boʻyicha konsaltinglar sohalaridagi yirik firmalar mana shunday ekspertlar rolini bajarishi mumkin", - dedi u.

Osokin kelgusi forumlarda doklad va taqdimotlar kamroq, jonli muloqot - diskussiyalar koʻproq boʻlishi kerak, degan fikrda.

"Savol/javob" formatida fikr almashish menimcha yetarli darajada boʻlmadi. Ishonchim komilki, barcha ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan yuqori darajadagi interaktiv muloqot tadbir muvaffaqiyatini belgilovchi indikator boʻladi va bu umuman olganda Rossiya va Oʻzbekiston biznesi vakillari oʻrtasida ishonch va oʻzaro tushunishga yordam beradi", - deya oʻz fikrini yakunladi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0