TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Rossiya muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi.
Rossiya prezidenti O‘zbekistonga tashrifi davomida quyidagi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi:
- Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 2019-2024 yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi;
- “Suffa” radioastranomik observatoriyasi nomli xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish bo‘yicha harakatlar rejasi yo‘l xaritasi;
- Sanoatning to‘qimachilik, tikuv va trikotaj sohalarida hamkorlik hukumatlararo bitim;
- O‘zbekiston Mustaqiligi investitsion bloki doirasida Mustaqillikning 25-yilligi konini o‘rganish va ishlatish orqali Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha 1-sonli qo‘shimcha bitim;
- “O‘zbekneftegaz” AJ bilan “Lukoyl” OJ o‘rtasida anglashuv memorandum;
- Madaniy-gumanitar sohalarda 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hukumatlararo hamkorlik dastur;
- O‘zbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim bo‘yicha muassasalari filiallarini tashkil etish va ular faoliyatini yuritish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi bilan Rossiya rektorlari ittifoqi Umumrossiya jamoyat tashkiloti o‘rtasida bitimni hamda O‘zbekiston milliy universitet bilan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘rtasida fanlararo ilmiy markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim;
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Moskva davlat xalqaro munosabatlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida mazkur institut filialini ochish to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma;
- Ijtimoiy mehnat sohasida hamkorlik to‘g‘risida idoraralararo memorandum;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan Rossiya Milliy gvardiyasi qo‘shinlari federal xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Marosimda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma bayonotni imzolashdi.