Putin: O‘zbekiston iqtisodiyotida va o‘zbek xalqi hayotida katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beradi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi O‘zbekiston RF "ishonchli ittifoqdoshi va strategik hamkori” ekanligini qayd etdi.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaning ishonchli ittifoqdoshidir, davlatlar ikkiyoqlama hamkorlik bazasini kengaytirishda davom etadi va respublikada allaqachon yuzaga kelgan ijobiy o‘zgarishlar bu hamkorlikka yordam beradi, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan tor doiradagi muzokaralarda.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya muzokaralari yakunlari bo‘yicha hujjatlarni imzolash marosimi boshlandi

Rossiya yetakchisi O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasining «ishonchli ittifoqdoshi va strategik hamkori” ekanligini alohida qayd etdi.

“O‘zbekistonda vaziyat tubdan o‘zgarayotgani, islohotlar qanday tashkil etilayotgani va amalga oshirilayotganini guvohi bo‘lib turibmiz. O‘zbek iqtisodiyoti va o‘zbek xalqi uchun bunday o‘zgarishlar zarur edi”, - dedi Rossiya prezidenti.

Putinga ko‘ra, uzoq istiqbolda emas, balki yaqin kelajakda, O‘zbekiston iqtisodiyoti va o‘zbek xalqi hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.

"Bu bizga munosabatlarni yangi asosga tayanib boshlashga imkon bermoqda. Siz hozir O‘zbekistonda tashkil etayotgan o‘zgarishlar tufayli, biz savdo-iqtisodiy aloqalarimizni jiddiy kengaytirmoqdamiz”, - deb qayd etdi Putin.

"Biz keyinchalik ham shu jadallikda ishni davom ettirishni rejalashtirganmiz, barcha harakatlarimiz bizning hamkorlik bazamizni kengaytirishga yo‘naltiriladi, shu jumladan, mintaqaviy hamkorlik orqali ham bu aloqalarni rivojlantiramiz”, - deb davom etdi Rossiya yetakchisi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida suhbat avvalida keyingi ikki yil davomida ikki davlatning strategik hamkorligi va ittifoqdoshlik munosabatlari sifat jihatdan yangi  bosqichga chiqqanini ta’kidladi.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya muzokaralari yakunlari bo‘yicha hujjatlarni imzolash marosimi boshlandi

"Bizning hamkorligimiz barcha yo‘nalishlarda davom etmoqda”, - dedi O‘zbekiston prezidenti.

Hamkorlik sohalari orasida harbiy-texnik hamkorligi ajratilib ko‘rsatildi. Shuningdek, davlatlar ilm-fan, ta’lim va madaniy sohada ham hamkorlikni kuchaytirishgani qo‘shimcha qilindi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda qurilayotgan birinchi atom elektr stansiyasini Rossiya bilan yangi strategik hamkorlik yo‘nalishi sifatida tilga oldi.

AES qurilishiga juma kuni Putin va Mirziyoyev ishtirokida start beriladi.

Yangiliklar lentasi
0