O‘zbekiston va Rossiya "Suffa" observatoriyasi bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolaydi

Obuna bo‘lish
Ilk kuzatuvlarni olimlar 2023-2028 yillarda amalga oshirishni rejalashtirishmoqda

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida "Suffa" xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Radioastrofizicheskaya observatoriya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda observatoriya qurilishi muddati haqida yil oxirigacha aniq bo‘ladi

Eslatib o‘tamiz, radioobservatoriya qurilishi uchun qulay maydonni qidirish ishlari 5-yil davomida amalga oshirilgan. Qurilishi rejalashtirilgan observatoriyaga birinchi tamal toshini qo‘yilishi marosimi 1981-yilning may oyida bo‘lib o‘tgan.

1981 yildan 1991-yilgacha maydonda astroiqlim kuzatuvini amalga oshirgan meteostansiya faoliyat yuritgan.

SSSR tarqalgach, observatoriya O‘zbekistonga o‘tgan. 1990-yillar boshidan 2005-yilga qadar observatoriya qurilishi mablag‘ yo‘qligi tufayli muzlatib qo‘yilgan.

2018 yil iyun oyida Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev jurnalistlarga davlat rahbarlari darajasida qabul qilingan qarorga ko‘ra, "Suffa" radioteleskopi xalqaro observatoriya doirasida qurib bitkazilishini ma’lum qilgan edi.

2018 yilning 4-oktabr sanasida Gennadiy Shanin OAVlarga bergan intervyusida observatoriyaning qurilish ishlari 4 milliard dollarga baholanishini ma’lum qilgan. Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ikki yilga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

Yo‘l xaritasi Rossiya FA prezidenti Aleksandr Sergeyev va O‘zbekiston FA prezidenti Behzod Yo‘ldoshev o‘rtasida 18-19 oktabr kunlari Toshkentda, ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi davomida imzolanishi rejalashtirilgan.

Hujjatga ko‘ra, ikki yil davomida "Suffa" xalqaro observatoriyasini xalqaro huquq subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va konservatsiyadan chiqarish ko‘zda tutilgan.

Shundan so‘ng, qurilish ishlarini yakunlash uchun yana 3-yilcha vaqt talab etiladi.

Yangiliklar lentasi
0