O‘zbekistonda observatoriya qurilishi muddati haqida yil oxirigacha aniq bo‘ladi

© Sputnik / Mark Agnor / Mediabankka o‘tishRadioastrofizicheskaya observatoriya
Radioastrofizicheskaya observatoriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1995 yilda Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari Toshkentdan 250 kilometr masofada joylashgan Suffa platosida xalqaro radioastronomik observatoriya yaratish to‘g‘risida kelishuv imzolagandi.

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Rossiya bilan hamkorlikda quriladigan observatoriyaning loyihasini amalga oshirilishi muddati yil oxiriga qadar aniq bo‘lishi mumkin, hozirda ishchi guruhi zarur parametrlarni kelishib olmoqda, dedi RIA Novostiga O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilor Hakimov.

Avvalroq Rossiya fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev Rossiya va O‘zbekiston kosmosni o‘rganish maqsadida “Suffa” radioteleskopini qurib bitkazishni rejalashtirganini, tez orada mazkur loyiha bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilishini ma’lum qilgandi.

"Biz “Suffa” observatoriyasi qurilishi bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikni tikladik, bu kosmosdan olinadigan axborotning sofligi bo‘yicha ikkinchi observatoriya bo‘ladi. Joylashgan o‘rni, texnik jihatlari bo‘yicha bu loyiha beqiyos", - dedi elchi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda ishchi guruhi texnik ko‘rsatkichlarni kelishayotganligini va yil oxiriga qadar qurilishning aniq boshlanish muddati e’lon qilinishi mumkinligini aytdi.

1995 yilda Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari Toshkentdan 250 kilometr masofada joylashgan Suffa platosida xalqaro radioastronomik observatoriya yaratish to‘g‘risida kelishuv imzolagandi. Diametri 70 metrli radioteleskopni 2009-yilda ishga tushirish rejalashtirilgandi. Ammo moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar sababli observatoriya qurilishi to‘xtab qolgandi.

Yangiliklar lentasi
0