"Milliy bank" Andijon viloyati filiali rahbarlari 759 ming AQSh dollarni o‘zlashtirgan

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy bankning Andijon viloyati filiali rahbarlari o‘zganing mulkini talon-taroj qilganlikda ayblanmoqda

TOShKENT, 17 okt - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bank tizimidagi talon-tarojlik fosh qilingani haqida axborot berdi.

Uborka urojaya zernovix - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura qishloq xo‘jaligi sohasidagi talon-torojliklarni aniqladi

Xabarda aytilishicha, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan va unda TIF "Milliy bank" Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, mazkur bank mijozlari hisoblangan 10 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarning valyuta hisob-raqamlarida bo‘lgan 759 ming AQSh dollarini ularning xabarisiz boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlariga noqonuniy o‘tkazib, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan TIF "Milliy bank" Andijon viloyat filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0