Bosh prokuratura qishloq xo‘jaligi sohasidagi talon-torojliklarni aniqladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishUborka urojaya zernovix
Uborka urojaya zernovix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga kadar tekshiruv davomida, 2017-yilning noyabr-dekabr oylarida tumandagi Qishloq va suv xo‘jaligi, Statistika, Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari rahbarlaridan iborat komissiya a’zolari 25 nafar fermer xo‘jaliklariga noqonuniy ravishda jami 237,7 million so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvatlash mablag‘larini budjetdan ajratib, ushbu mablag‘larni fermer xo‘jaliklari hisob-raqamlariga o‘tkazib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan yuqoridagi tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0