Maktablarda psixologik xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishShkola
Shkola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi taklifi Xalq ta’limi va Moliya vazirliklari tomonidan tayyorlandi.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. “O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Shkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Maktab va tekshiruvlar: yangi qaror loyihasi tayyorlandi

Qaror loyihasida aytilishicha, psixologik xizmatning maqsadi o‘quvchilarni, ota-onalarni, pedagogik jamoani psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari bo‘yicha rivojlanishida psixologik va psixosamatik salomatligida uchraydigan og‘ishlarning oldini olish va bartaraf etishga yordam berish, uzluksiz ta’lim jarayonida o‘zligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash (psixodiagnostik faoliyat, so‘rovnoma, maslaxat berish orqali)dan iborat.

Qaror loyihasiga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining psixologik xizmati to‘g‘risidagi nizom hamda psixologik xizmati xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ilova qilingan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari psixologlarining lavozim majburiyatlari hamda bu lavozimlarga qo‘yiladigan malaka talablari qayta ko‘rib chiqiladi.

Psixologik xizmati xonalarini jihozlash meyorlari ishlab chiqiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0