Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari Gitler haqida aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi

© AP Photo / Andrew MedichiniYaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari Taro Aso
Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari Taro Aso - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Gitlerning motivlariga nisbatan xatoga yo‘l qo‘yilganligi kundek ravshan. Men o‘z so‘zlarimni qaytarib olaman, chunki uni misol tariqasida keltirish noo‘rin edi", - deb aytgan Aso. Siyosatchi so‘zlarilan Kiodo agentligi iqtibos keltirgan

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri va Vazirlar mahkamasi rahbari Sindzo Abening eng yaqin do‘stlaridan biri Taro Aso chorshanba kuni Adolf Gitler haqida aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi.

Turkiya prezidenti Rajap Toyyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Gitler Germaniyasini samarali prezident boshqaruviga misol qilib ko‘rsatdi
Bir kun avval Aso yosh siyosatchilar — o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zlar ekan, siyosatchi faoliyatida natija qay darajada muhimligi haqida gapirgan va Gitlerni misol keltirgan. "Siyosatchining motivlari haqida so‘rashmaydi. Natija muhim. Bir necha million insonni o‘ldirgan Gitlerning motivlari qay darajada to‘g‘ri bo‘lmasin, bu yaramaydi", — deb aytgan siyosatchi.

"Gitlerning motivlariga nisbatan xatoga yo‘l qo‘yilganligi kundek ravshan. Men o‘z so‘zlarimni qaytarib olaman, chunki uni misol tariqasida keltirish noo‘rin edi", — deb aytgan Aso. Siyosatchi so‘zlarilan Kiodo agentligi iqtibos keltirgan.

Yaponiyaning muxolifat Demokratik partiyasi esa Aso tomonidan aytilgan gaplarni qattiq tanqid ostiga olgan va bu singari dunyoqarashga ega kishi hukumat tarkibiga kiritila olmasligini qat’iy bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0