Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus sanoat va qishloq xo‘jaligi kompaniyalari bilan tanishadi

Yig‘ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, tarmoqni rivojlantirish uchun yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish zarur.

Bugungi kunda O‘zbekistonda azotli o‘g‘itlarga talab 73 foiz, fosforli o‘g‘itlarga 20 foiz ta’minlanmoqda. Azotli o‘g‘it ishlab chiqarish quvvatlarining o‘rtacha eskirish darajasi 64 foizni, fosforli o‘g‘it bo‘yicha 77 foizni tashkil qiladi.

Sohadagi vaziyatni yaxshilash maqsadida kelasi 5-yilda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo‘lgan 9 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida mineral o‘g‘it va sulfat kislotasi ishlab chiqarish hajmi 2 barobar ko‘payadi. Azotli va kaliyli o‘g‘itlarga talab to‘la qoplanadi, fosforli o‘g‘itlarga talabni qondirish darajasi bir necha barobar oshiriladi.

O‘zbekiston sanoati - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda sanoat rivojlanishi

Ayni paytda tabiiy gazning bor-yo‘g‘i 14 foizi, jumladan, kimyo tarmog‘ida 5 foizi chuqur qayta ishlanmoqda. Kremniy, kaolin va gips xomashosidan kimoviy mahsulotlar ishlab chiqarish e’tibordan chetda qolmoqda.

“O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan noo‘g‘it mahsulotlar, asosan polietilen, polipropilen, polistirolga xorijiy davlatlarda 100 milliard dollardan ortiq hajmda ehtiyoj mavjud. Bu esa biz uchun yaxshi imkoniyat”, - deyilgan xabarda.

Shu sababli, kimyo sanoatida mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish uchun organik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha 15 ta va noorganik moddalar bo‘yicha 8 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Prezidenti mutasaddi rahbarlarga ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0