TOShKENT, 11 avg – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi 9-15 avgust kunlari Belarusda tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, korxona va tashkilotlar rahbarlaridan tarkib topgan O‘zbekiston delegatsiyasi Minsk shahri va Belarusning boshqa hududlariga tashrif buyuradi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Belarus sanoat va qishloq xo‘jaligi kompaniyalarini borib ko‘radi, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish jaroyoni bilan bevosita tanishadi.
“Delegatsiya tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston va Belarus savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirish uchun ikki davlat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish”, - deyiladi TIV axborotida.