TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi davlat budjeti mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Qozog‘istonning Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash ishlari bo‘yicha agentligi xabarida aytilishicha, diplomat “mas’uliyatli davlat lavozimini egallab turgani holda, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi ma’muriy binosida qurilish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qasddan soxta hujjat imzolagan”.
“Noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 140 million tengedan oshib ketgan”, - deyilgan xabarda.
2016 yil aprelidan beri Yerik Utembayev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi hisoblanadi.