Afg‘oniston bo‘yicha "moskva formati"dagi uchrashuvga tomonlar roziligi olindi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDirektor Vtorogo departamenta Azii MID Rossii Zamir Kabulov
Direktor Vtorogo departamenta Azii MID Rossii Zamir Kabulov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi ikki guruh o‘rtasidagi mojaroni hal etishga qaratilgan "moskva formati"dagi uchrashuv avval boshdan 4-sentabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo Qobul iltimosiga ko‘ra, bu sana keyinga surilgandi

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Afg‘oniston bo‘yicha "moskva formati"dagi uchrashuvda barcha tomonlar ishtirok etishadi, ular o‘z roziligini bildirdi, deb xabar tarqatdi RIA Novosti.

 Afganskie politseyskie v Kabule.  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvni tayyorlayapti

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, RF TIVning Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti rahbari Zamir Kabulov bayonot qilgan.

"Barcha tomonlar o‘z ishtirokini tasdiqladilar. Uchrashuv sanasini ehtimol, shu haftada e’lon qilamiz. Toliblar va afg‘on hukumati moskva formatidagi, yana boshqa 10 nafar boshqa ishtirokchilar bo‘ladigan yig‘ilishda ishtirok etishmoqda", - deya iqtibos keltirgan Kabulov bayonotidan "Izvestiya" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi ikki guruh o‘rtasidagi mojaroni hal etishga qaratilgan "moskva formati"dagi uchrashuv avval boshdan 4-sentabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo Qobul iltimosiga ko‘ra, bu sana keyinga surilgandi.

Hozirda Rossiya va Afg‘oniston TIVlari yangi sanani belgilash hamda bo‘lg‘usi uchrashuv detallari borasida kelishishmoqda. RF BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya, Rossiya Moskvada o‘tkaziladigan muzokaralarga AQSh ham qo‘shilishini kutayotganini aytdi. Kabulov RIA Novostiga bergan intervyusida "Tolibon" harakati vakillari avvagidek ushbu uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat hududlarining 50%ni o‘z nazoratiga olgan radikal "Tolibon" harakati kuchlari o‘rtasida kurash ketmoqda. Shu bilan birga, Afg‘onistonda ID terroristik guruhi o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda. Mamlakatning barcha hududida ekstremistlarga qarshi qaratilgan keng ko‘lamdagi operatsiyalar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0