TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Aralash kurashning ogʻir vazn jangchisi Murod Xonturayev, tan jarohati yetkazishda ayblanib qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda UzNews.uz oʻz manbaasiga tayanib.
"Murod Xontoʻrayev 20 iyun oqshomida koʻkrak qismi pichoqdan yaralangan holda 7-sonli kasalxonaga tushgan. 21 iyun kuni Xontoʻrayev yana bir necha kishi huquqni saqlash organlari tomonidan qoʻlga olingan", — deyilgan xabarda.
Ayni damda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
MMA-Oracle saytiga koʻra, Murod Xontoʻrayev — jahon chempioni, "Osiyo ayigʻi" laqabi bilan dunyoga tanilgan. Ayni damga qadar 11ta jang oʻtkazib ulardan 8tasida gʻalaba qozongan, jumladan 6ta nokaut bilan.