O‘zbekistonda aholi o‘limining eng asosiy sabablari aniqlandi

© Foto:Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaVrachi-gematologi v Uzbekistane
Vrachi-gematologi v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilning 9 oyida O‘zbekistonda 553,4 ming tug‘ilish va 112 mingta o‘lim qayd etilgan.

TOShKENT, 14 okt - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda qayd etilgan tug‘ilish va o‘lim hisobotini e’lon qildi. 

Unda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018-yilning 9 oyida 553,4 ming tug‘ilish va 112 mingta o‘lim holatlari qayd etilgan. 

"Ushbu qayd etilgan o‘lim holatlarining 60 % - qon-aylanish tizimi kasalliklari tufayli sodir bo‘lgan", - deyilgan hisobotda. 

O‘limga olib keluvchi sabablar orasida ikkinchi o‘rinda, 9,5 %  - turli o‘simtalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq kasalliklar turar ekan.

Shuningdek 6,3 % o‘limlar – baxtsiz hodisalar tufayli, 5,5 % o‘limlar – ovqat hazm qilish organllari kasalliklari, 4,1 % - nafas olish tizimi, 1,5 % - yuqumli kasalliklar va 12,4 % - boshqa kasalliklardan vafot etar ekan.

Sobiq Ittifoq aholisi - Sputnik O‘zbekiston
2050 yilda O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha MDHda Rossiyadan keyingi o‘ringa chiqadi

O‘zbekistonda ushbu davr mobaynida vafot etgan bolalar soni 5,6 mingtani tashkil etgan bo‘lib, ularning 60,8 % perinatal davrda yuz bergan holatlardan, 16,6 % - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,7 % - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2 % - baxsiz hodisalar, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Eng ko‘p o‘lim qaysi viloyatda yuz bergan?

Ushbu davr mobaynida O‘zbekistonda o‘rtacha o‘lim koefitsenti 1000 nafar aholi soniga nisbatan 4,6 promilleni tashkil qildi. Bu o‘tgan 2017-yildagi koefitsentga nisbatan 0,2 promillega kam.

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, o‘lim koefitsenti eng yuqori bo‘lgan hududlar: Toshkent shahri - 6,4 promille, Toshkent viloyati – 5,6 promille va Andijon shahri – 4,9 promille, deb aniqlangan.

Shuningdek, hisobotda o‘lim koefitsenti eng kam bo‘lgan hududlar: Qashqadaryo viloyati – 4,0 promille, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida – 4,1 promille, deb  aytilgan.  

Yangiliklar lentasi
0