2050 yilda O‘zbekiston aholi soni bo‘yicha MDHda Rossiyadan keyingi o‘ringa chiqadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston aholisining soni 40,95 mln kishiga yetadi

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik.  BMT ekspertlari demografik o‘sishning 2100-yilgacha bo‘lgan holatini tahlil qildilar va sobiq ittifoq mamlakatlarida bu borada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini taxmin qilishdi.

SSSR tarqalganidan buyon o‘tgan davr mobaynida sobiq sovet hududidagi barcha mamlakatlarda o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi oshgan. Bunga bir nechta sabablar bo‘lib, eng asosiysi hayot kechirish sifatining oshganligidir.

Masalan, 1991-yilda O‘zbekiston aholisi 20,7 mln kishini tashkil etgan va respublikada o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi 66,3 yilga teng bo‘lgan.

Bugungi kunda esa mamlakat aholisi soni 31,91 mln kishiga yetgan va o‘rtacha umr ko‘rish 71,4 yoshni tashkil etadi.

2050 yilga kelib O‘zbekiston aholisining soni 40,95 mln kishiga yetadi va aholi soni bo‘yicha respublika sobiq SSSR hududida Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqadi. O‘zbekistonliklarning o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi esa 75,2 yoshni tashkil etadi.

BMT ekspertlarining fikricha, 2100-yilga kelib, keksalarning ko‘payishi va tug‘ilishning qisqarishi hisobiga aholi soni kamayadi. Ularning taxminiga ko‘ra, 2100-yilda O‘zbekiston aholisi 38,1 mln kishini tashkil etadi va odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi 82 yoshga yetadi.

Yangiliklar lentasi
0