Koshkin: MDH davlatlari Rossiyada o‘zlarining milliy manfaatlari himoyachisini ko‘rmoqda

© SputnikAndrey Koshkin
Andrey Koshkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Plexanov nomidagi RIU siyosatshunoslik va sotsiologiya kafedrasi mudiri, harbiy siyosatchilar uyushmasi eksperti Andrey Koshkin Toshkentda o‘tkazilgan Hamdo‘stlik davlatlari Mudofaa rahbarlari kengashida ramziy bil belgini ko‘rmoqda. Koshkin fikriga ko‘ra, bugun bu kabi muvofiqlashtirilgan ishlar har doimgidan-da muhim.

O‘zbekiston poytaxtida 12-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ministr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov - Sputnik O‘zbekiston
Azizov: dunyodagi vaziyat MDH mudofaa vazirlari kengashining ahamiyatini ko‘rsatmoqda

Yig‘ilish ishtirokchilari Markaziy Osiyodagi vaziyat, xalqaror terrorizmga qarshi kurashish yo‘lidagi ustuvor vazifalar, hamda MDHga a’zo mamlakatlar qurolli kuchlari aviatsiya parvozlari sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

"Agar suveren respublikalar tashkil topganidan so‘ng bu kabi tashkilotlarga va kengashlarga munosabat skeptik bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib sobiq Ittifoq davlatlari o‘zlari na AQSh, na Yevropa shunchaki yordam ko‘rsatmasligini anglab yetdilar.

Hozirgi murakkab sharoitda Rossiya rahbarligi ostida MDH davlatlari o‘z sayi-harakatlarini muvofiqlashtirishlari bu respublikalarning milliy manfaatlari muhofazasini ta’minlab berishi mumkin", - deb qayd etdi Koshkin.

Koshkinning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbir va unda muhokama etilgan masalalar umumiy chaqiriqlarga qarshi faqatgina birlashgan holda samarali kurashish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Ekspert izohini to‘liq rus tilida Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida tinglashingiz mumkin.

Koshkin: strani SNG vidat v Rossii zashitnika ix natsionalnix interesov
Yangiliklar lentasi
0