AQSh maxsus vakili "Tolibon" bilan Afg‘onistondan askarlarni chiqarish masalasini gaplashdi

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, tomonlar kelajakda yangi uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olgan

TOShKENT, 13 okt - Sputnik. AQSh maxsus vakili va "Tolibon" harakati a’zolari bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘onistondan chet el harbiy kontingentini olib chiqib ketish va mamlakatda tinchlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
"Tinchlik narxi qancha?": O‘zbekiston hukumatining yengilmas Tolibon  bilan muzokaralari

Sal oldinroq AQShning Afg‘onistonda milliy yarashuv jarayoni bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad Doxada "Tolibon" radikal harakati a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingan edi.

Harakat bayonotida "okkupatsiya" nihoyasiga yetgani va Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalalari muhokama qilingani aytilgan.

Ta’kidlanishicha, tomonlar kelajakda yangi uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olgan.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 50%ni nazorat qiluvchi "Tolibon" radikal harakati o‘rtasida kurash ketmoqda. Rossiya ayni vaqtda Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatida uchrashuv chaqirish uchun harakatlarini davom ettirmoqda. Taklifnomalar 12ta tomonga, shu jumladan, Doxadagi "Tolibon" siyosiy ofisiga ham yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0