Shoygu Afg‘onistondagi vaziyatni nostabil deb hisoblaydi

© REUTERS / Mohammad IsmailAfganskie sili bezopasnosti pribivayut na mesto napadeniya i obstrela v Kabule
Afganskie sili bezopasnosti pribivayut na mesto napadeniya i obstrela v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi vaziyat barqaror emas, bu esa unga chegaradosh mamlakatlarga terroristlar uyushmalarining kirib borishiga imkon yaratadi, deb hisoblaydi Rossiya Mudofaa vaziri

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyat barqaror emas, bu esa unga chegaradosh mamlakatlarga terroristlar uyushmalarining kirib borishiga imkon yaratadi, deb ta’kidladi Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekiston Mudofaa muassasasi rahbari Abdusalom Azizov bilan muzokaralarda.

Pentagon: O‘rta Osiyodagi "ID" tahdidi Moskva propagandasidan boshqa narsamas

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekistonning harbiy va harbiy-texnik hamkorligi "konkret va juda muhim xarakter" kasb etadi.

"Bu albatta, birinchi navbatda, O‘zbekiston chegarasidagi tahdidlar bilan bog‘liq. Bu yerda Suriyadan qo‘shni, chegaradosh davlatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga tomon harakatlanayotgan, tobora ortib borayotgan xalqaro terrorizm tahdidini aytib o‘tish lozim", — dedi Shoygu.

"Biz bugun Afg‘onistondagi vaziyat yanada barqaror va yanada xavfsiz bo‘ldi, deb aytolmaymiz. Shuni inobatga olish kerak, Suriyadan ketayotgan uyushmalar, xususan, Afg‘onistonga ko‘chib o‘tmoqda. Bu yerda mamlakat manfaatlari himoyasiga tura oladigan harbiy mutaxassislarni tayyorlash masalasi muhim rol o‘ynaydi", — deb ta’kidladi Rossiya Mudofaa vaziri.

Yangiliklar lentasi
0