Davlat mulki obyektlarini tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibi soddalashtirildi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaDom dlya turistov
Dom dlya turistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yerlarni sotishdan tushgan mablag‘lar ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash yo‘naltiriladi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Otkritie dachnogo sezona v Novgorodskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Davlat va yer uchastkalari: zararni qoplash jamg‘armasi tuziladi

Farmonga muvofiq 2019-yilning 1-apreliga qadar davlat obyektlari va yerlarga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi.

Eksperiment doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlariga quyidagi huquqlar berildi:

- bo‘sh turgan davlat obyektlarini 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda (keyingi har bir qadam 1 mln so‘mdan) elektron auksion orqali sotish;

- yerlar va bo‘sh turgan davlat obyektlarini investitsiyaviy (kamida 1 mln. AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda auksion o‘tkazmasdan sotish;

- sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga kiradigan yerlardan 50-yilga foydalanish huquqini investitsiyaviy (kamida 1 mln. AQSh dollari ekvivalentida) va ijtimoiy majburiyatlar yuklangan holda sotish;

- avtomobil yo‘llariga tutash hududlardagi har qanday yerlarni yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilma obyektlarini qurish uchun elektron auksion orqali sotish;

- savdo-ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati tungi vaqtda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydigan hududlarni tashkil etish.

Yerlarni sotishdan tushgan mablag‘lar ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvatlash yo‘naltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0