O‘zbekiston delegatsiyasi Butunjahon banki yig‘ilishida ishtirok etadi

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovZamestitel premyer-ministra Uzbekistana Suxrob Xolmuradov
Zamestitel premyer-ministra Uzbekistana Suxrob Xolmuradov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishlarda davlat huqumatlari va xalqaro moliyaviy tashkilotlar ekspertlari, OAV va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlik qilishni ta’minlash maqsadida qator forumlar o‘tkaziladi.

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Indoneziyada 12-14 oktabr kuni Butunjahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Suxrob Xolmurodov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi.

Puchok opticheskogo volokna - Sputnik O‘zbekiston
Jahon banki O‘zbekistonda tezkor internetni ishga tushirishga yordam beradi

Har yili o‘tkaziladigan yig‘ilishlar jahon aholisini farovonligi, kelgusi xalqaro iqtisodiy taraqqiyot va moliyaviy sohada hamkorlik qilish bo‘yicha ko‘plab masalalar muhokama qilish maqsadida tashkil etiladi.  

Yig‘ilishlarda davlat hukumatlari va xalqaro moliyaviy tashkilotlar ekspertlari, OAV va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlik qilishni ta’minlash maqsadida qator forumlar o‘tkaziladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Butunjahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliyaviy institutlari rahbariyati bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, Butunjahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasiga a’zo bo‘lgan davlat delegatsiya rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.  

Yangiliklar lentasi
0