Jahon banki O‘zbekistonda tezkor internetni ishga tushirishga yordam beradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPuchok opticheskogo volokna
Puchok opticheskogo volokna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi Digital CASA loyihasi doirasida O‘zbekistonda tezkor internetni ishga tushirishga yordam beradi.

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. O‘zbekiston va Jahon banki 2019-yilda Digital CASA loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

Jahon banki O‘zbekistonga soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha maslahat berdi

Digital CASA – Jahon bankining Markaziy va Janubiy Osiyoning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlari uchun tezkor internet aloqasiga ulanish imkonini yaratishga qaratilgan loyihasidir.

Jahon bankining ushbu dasturi asosida Afg‘oniston va Qirg‘iziston uchun ishlab chiqilgan loyihalari 2018-yilning mart oyida bankning Direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan edi.

O‘zbekistonda ham ayni damda ushbu loyihani amalga oshirish uchun tayyorlarlik ko‘rilmoqda. Uni amalga oshirish 2019-yilda boshlanishi kerak. Kelajakda ushbu loyiha Qozog‘iston va Tojikistonni ham qamrab olishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0