Yevropaga birinchi qadam: Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi natijalari

© REUTERS/Pascal RossignolKak Mirziyoyeva vstretili bi v Kazaxstane
Kak Mirziyoyeva vstretili bi v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti 8-9 oktabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifini amalga oshirdi. Bu tashrif bilan mamlakatning tashqi siyosatida Yevropa yo‘nalishi ochib berildi.

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Yevropaga o‘zining birinchi tashrifini amalga oshirdi. Buning uchun Fransiya davlati tanlandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uchrashuvi. - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya tashrifi - eng qiziqarli foto-suratlar

Sputnik O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyevning Parijga amalga oshirilgan tashrif natijalarini o‘rganib chiqdi.

Shavkat Mirziyoyevning xorijiy mamlakatlarga tashrif dasturi bir xil ssenariy bo‘yicha ketmoqda: O‘zbekiston rahbari barcha muhim siyosiy amaldorlari va xalqaro tashkilot rahbarlari bilan uchrashishga harakat qilmoqda.

Fransiya tashrifi ham istisno bo‘lmadi – Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan tor va keng doiradagi muzokaralardan tashqari, Mirziyoyev Fransiya Senati raisi Jerar Larshe bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Emmanuel Makronning O‘zbekiston yetakchisi bilan bo‘lgan muzokaralari chog‘ida siyosiy masalalar ham ko‘rildi – davlatlar o‘rtasida hamkorlik, Afg‘oniston muammosi, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Prezidenta Uzbekistana vstretili vo Fransii - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Fransiyada qanday kutib olindi

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida jami 10 ta hujjat imzolandi – asosan bular harbiy-texnikaviy hamkorlik, turizm, moliyaviy investitsion loyihalar bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, madaniyat va avtomobil tashuvlari sohasida bitimlar.

Qizg‘in muzokaralar kun tartibi va ayrim sanoat tarmoqlari uchun aniq raqarlarning yetishmasligini ikkita sabab bilan tushuntirish mumkin: birinchidan, bu Mirziyoyevning Fransiyaga (Yevropaga) birinchi tashrifi, ikkinchi tomondan esa, aniq loyihalar boshqa uchrashuvda muhokama qilindi – ular biroz oldin bo‘ldi.

Prezidentlar o‘rtasidagi muzokaralardan oldin ham an’naviy biznes forum o‘tkazildi, unda 5 milliard yevroga teng bitimlar imzolandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil vo Fransiyu - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Parijda tantanali kutib olindi

Shavkat Mirziyoyev Fransiya biznes vakillari bilan ham uchrashdi. Total, GDF Suez, Vinci, Thales, Fives, Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki va Fransiya rivojlanish agentligi vakillari O‘zbekiston bilan loyihalarni muhokama qilishdi.  Ular o‘tgan yilda turli loyihalar uchun O‘zbekistonga 400 million yevro ajratgandi.

Shavkat Mirziyoyev madaniyat masalarga ham alohida e’tibor qaratdi. Bu mavzu va tarixiy merosni asrash bo‘yicha yangi loyihalarni Emmanuel Makron bilan va YuNESKO bosh direktori Odri Azule bilan ham muhokama etildi. Xususan, O‘zbekistonda ikkita – Markaziy Osiyo yosh olimlari va “Madaniy merosni asrash sohasida axborot texnologiyalari o‘rni” forumi o‘tkaziladi. Bundan tashqari, YuNESKO rahbari bilan 2021-yilgacha hamkorlik dasturi imzolandi.  

O‘zbekiston prezidentining Fransiyaga 22-yil ichida birinchi tashrif strategik va amaliy jihatdan juda samarali bo‘ldi. Yangi prezidentning Yevropaga birinchi qadami qo‘yildi va u juda ishonchli bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0