Jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi ishlab chiqildi

Obuna bo‘lish
ABT – foydalanuvchining shaxsiy hisob raqamiga asoslangan, jamoat transportida amalga oshiriladigan zamonaviy to‘lov tizimi hisoblanadi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Yagona umumrespublika protsessing markazi “BPC Group” xalqaro xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda ABT (account based ticketing) texnologiyalari asosida “STS”- “Smart Ticketing Solution” dasturiy-ta’minot majmuini ishlab chiqdi, deb xabar qildi Uzcard matbuot xizmati. 

Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
UzCard faoliyati qayta tiklandi

ABT – foydalanuvchining shaxsiy hisob raqamiga asoslangan, jamoat transportida amalga oshiriladigan zamonaviy to‘lov tizimi hisoblanadi. 

 Tizim orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlar esa, markaziy serverda saqlanadi.

 Tizimning avzalliklaridan biri, unda zamonaviy bank kartalari (Uzcard, VISA, Mastercard, UPI, MIR) orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Mutaxassislar tomonidan kontaktsiz to‘lovlar sohasida yaratilgan qulayliklarni inobatga olib, tranzaksiyalarni amalga oshirish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash va transport kompaniyalari tizimida benuqson tizimni joriy etish bilan birga, ushbu tizimni avtomatlashtirish ishida inson omillariga bog‘liqlikni minimallashtirishga alohida e’tibor berildi.

Yangiliklar lentasi
0