Atom elektr stansiyasi O‘zbekistonni elita-davlatlar qatoriga qo‘shadi - ekspertlar

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMaket budushey AES v Uzbekistane
Maket budushey AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilmoqda. Loyihaning rasmiy ochilish marosimi 19-oktabr kuni Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 9 okt - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Atom elektr stansiyasini qurish uchun O‘zbekiston Rossiyaning zamonaviy yadro texnologiyalari qatoridan bo‘lgan 3+ SSER-1200 reaktorini tanladi. AES qurilishi tamal toshi 19-oktabr kuni Navoiy viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Atom elektr stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda AES qayerda qurilishi ma’lum bo‘ldi

Ushbu munosabat bilan joriy yilning 9-11 oktabr kunlari Toshkentda Rosatom davlat korporatsiyasi va Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik (AEXA) vakillari O‘zbekiston mutaxassislari uchun qo‘shma seminar o‘tkazishdi.

Seminarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va O‘zatom agentligi vakillari, yadro energetika sohasi mutaxassislari va tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Seminarning birinchi kunida ishtirokchilar Rossiyaning atom sanoati sohasidagi ilg‘or texnologiyalar, SSER-1200 raqobat afzalliklari, Rosatom davlat korporatsiyasining sog‘liqni saqlash tizimi va yadroviy texnologiyalar orqali turmush darajasini oshirish bo‘yicha yechimlari bilan tanishdilar. Shuningdek, qurilishi rejalashtirilgan AES uchun mutaxassislarni tayyorlash dasturi haqida ham ma’lumot berildi.

AES rasmiy ochilish marosimi Putinning tashrifi vaqtida ro‘y beradi

"O‘zatom" atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasiga 7-sentabr kuni, ya’ni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Rossiya loyihasi bo‘yicha AES qurishda hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangan vaqtda start berilganiga e’tibor qaratdi.

Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin 18-19 Oktabrda O‘zbekistonga keladi

Ammo rasmiy ochilish marosimi oktabr oyining ikkinchi yarmida kutilayotgan oliy darajadagi tashrif - Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi vaqtida ro‘y berishi kutilmoqda.

O‘zatom rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston AES qurilishini Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik tomonidan qo‘yiladigan talab va tavsiyalar asosida hamda barcha xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilgan holda barpo etish tarafdori.

"Texnologiyalar va tajribalarni uzoq muddat o‘rganish asosida mamlakat rahbari tomonidan biz bu loyihani Rossiya Federatsiyasi bilan birgalikda, ushbu yo‘nalishda dunyoda yetakchi bo‘lgan Rosatom davlat korporatsiyasi bilan birgalikda amalga oshiramiz, degan qaror qabul qilindi", - dedi O‘zatom rahbari.

Mirzamahmudov, o‘z nutqi yakunida shu bugungi seminar olis yo‘lning boshlanishi ekanini va AES qurilishi loyihasi - texnologiyalar naqadar ishonchli va xavfsiz ekanligini, aynan mana shu texnologiyalar O‘zbekiston taraqqiyotiga qanchalik naf keltirishini amalda ko‘rsatib berishini alohida qayd etdi. 

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi: AES - iqtisodiyot kelajagidir

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Turdenev o‘z nutqi avvalida Toshkentda o‘tkazilayotgan ushbu seminar "muhim va katta ahamiyatga ega" ekanligini qayd etdi. 

Delegatsiya iz Uzbekistana posetila Belorusskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AES qurilishida Belarus tajribasini o‘rganadi

Diplomatga ko‘ra, ayni vaqtda atom energetikasi energobalansning ajralmas bir qismi bo‘lib, ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlar tanlovni aynan atom texnologiyalari foydasiga amalga oshirmoqda. "Chunki bu nafaqat ishonchli va xavfsiz energiya manbasi, balki mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan uzoq muddatli investitsiyadir", - deb qayd etdi Turdenev.

Elchi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya texnologiyalari bo‘yicha dunyoning 12ta davlatida 36ta energobloklar qurilmoqda. Va bu chet davlatlarda qurilayotgan energobloklar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir. 

"Rosatom davlat korporatsiyasi - zamonaviy yadro texnologiyalari qatoridan bo‘lgan va xalqaro talablar hamda MANATE tavsiyalariga to‘liq javob beradigan 3+ avlodidagi suv-energetik reaktorini taklif etadigan dunyodagi yagona kompaniyadir", - deb ma’lum qildi elchi.

Ilxom Sadikov zamestitel direktora Akademii nauk RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda AES qurishga nimalar sabab bo‘lgan

Turdenev shuningdek, O‘zbekiston faol rivojlanayotgan davlat ekanligi, shu bois, elektr energiyasiga bo‘lgan talab yildan yilga oshayotganini qayd etdi va AES qurilishi respublika energetikasi sohasida diversifikatsiyani amalga oshirishda yordam berishiga ishonch bildirdi.

Rossiya elchisining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tinch atom bo‘yicha hamkorlik amaliy jihatga o‘tgan va bu mamlakatlar o‘rtasida munosabatlarning o‘n yilliklar istiqbolida, va nafaqat atom energetika sohasida, yangicha tus olganini anglatadi. Atom energetikasi sohasi boshqa sohalar taraqqiyoti uchun lokomotib vazifasini o‘tashga qodir, deb qayt etdi diplomat.

AES tufayli, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish majmuasi va boshqa sohalar taraqqiy etishiga katta turtki bo‘ladi. 

Ilhom Sodiqov: AES O‘zbekistonni elita davlatlar safiga qo‘shadi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti rahbari o‘rinbosari, kimyo fanlari nomzodi Ilhom Sodiqov O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi AES qurish bo‘yicha hamkorlik hukumatlararo bitim O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha ishlarni boshlab berganini qayd etdi.

Olimning aytishicha, Hozirda AES qurilishi uchun tanlab olingan joy maydonida dastlabki qidiruv ishlari olib borilmoqda. AES loyihasi esa ishlab-chiqish bosqichida.

Proyekt AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi surati

Olim AES qurilishi uchun mo‘ljallangan hudud Rosatom davlat korporatsiyasi tomonidan atom elektr stansiyasi qurilishi uchun qo‘yiladigan barcha talablarga javob berishini ta’kidlab o‘tdi. Olim AESning O‘zbekistonga, xususan, o‘zbekistonliklarga qanday foyda keltirishi haqida to‘xtalar ekan, ushbu ulkan loyiha kelajakda O‘zbekiston aholisini uzluksiz va arzon narxdagi elektr energiyasi bilan ta’minlashini aytib o‘tdi.

"Mana ko‘rayapmiz, so‘nggi yillarda elektr energiyasi tanqisligi kuzatilmoqda. AES qurilishi esa ushbu masalani hal etishda yordam beradi. Qolaversa, AES respublika infratuzilmasini rivojlantirishga hamda mamlakatning madaniy darajasini ko‘tarishga, ta’lim darajasini oshirishga hamda iqtisodiyotimizni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi", - deb ishonch bildirdi Sodiqov hamda bularning barchasi O‘zbekiston uchun elita davlatlar klubiga yo‘l ochishini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0