Moliya vazirligi noqonuniy xarajatlarni aniqladi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

TOShKENT, 8 okt - Sputnik. Moliya vazirligi 2018-yil 3-choragida budjet tashkilotlarida jami 1 334 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlarini o‘tkazdi. 

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi: mashina narxini davlat organlari emas, GM Uzbekistan belgilaydi

O‘tkazilgan nazorat tadbirlaridan 1 111 tasida moliyaviy intizomga rioya qilinmay sarflangan mablag‘lar 16,6 mlrd so‘mni, shundan kamomad va o‘zlashtirishlar 4,5 mlrd so‘mni, noqonuniy xarajatlar 12,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonida va uning natijalari yuzasidan berilgan ko‘rsatmalarga asosan aniqlangan 11,2 mlrd so‘m miqdoridagi noto‘g‘ri sarflangan mablag‘lar belgilangan tartibda tiklanishi ta’minlandi.

Shunigdek, 710 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, hisobot davrida budjet intizomini buzgan budjet tashkilotlarining 20 nafar rahbar va mansabdor shaxslari 13,9 mln so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Yangiliklar lentasi
0