Moliya vazirligi: mashina narxini davlat organlari emas, GM Uzbekistan belgilaydi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan, narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar va ularning strategik turlari ro‘yxatiga kiritilmagan.

TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar narxlarini belgilashda O‘zbekiston moliya vazirligi bilan kelishilishi to‘g‘risida rasmiy izoh berdi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zavtosanoat" raisi: yil oxirida mashinalar ishlab chiqarish 9 foizga arzonlashadi

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvaridan davlat organlari, tashkilotlar va hukumat komissiyalarining mahsulot, xom ashyo va materiallarning (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar bundan mustasno) cheklangan narxi, hajmini belgilash vakolati bekor qilingan.

Moliya vazirligi qayd etishicha, GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan, narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar va ularning strategik turlari ro‘yxatiga kiritilmagan.

“GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga o‘rnatiladigan narxlar hech bir davlat organlari, shu jumladan Moliya vazirligi tomonidan ham tartibga solinmaydi. “GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarga narxlar, ishlab chiqarish tannarxi, rentabellikni ta’minlash hamda avtomobillarga mavjud talabdan kelib chiqqan holda ishlab chiqaruvchi tomonidan mustaqil ravishda o‘rnatiladi”, — deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

Yangiliklar lentasi
0